1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi


Logistik boshqaruvning asosiy maqsadi


Download 229 Kb.
bet8/10
Sana09.04.2023
Hajmi229 Kb.
#1345024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi

Logistik boshqaruvning asosiy maqsadi – bu korxona yoki tashkilotning bozorda muvaffaqiyatli biznes yuritish imkoniyatini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun logistika material oqimlar boshqaruvini quyidagi maqsad-qoidaga muvofiq ta’minlash lozim bo’ladi:
1) iste’molchilarga 2) talab darajasida sifatga ega bo’lgan 3) turli mahsulotlarni 4) yetarli miqdorda 5) kerakli manzilga 6) lozim bo’lgan vaqtda 7) minimal xarajatlar bilan yetkazib berishni ta’minlashi kerak.
4. Transport-logistika jarayonlari ishtirokchilari
Ilmiy, o’quv-uslubiy manbalarda “logistik tarmoq” tushunchasi ham uchraydi. Logistik tarmoq – logistik tizimning material va ta’minlovchi oqimlar bo’yicha o’zaro bog’langan zvenolar to’plamidir. Integrallashgan logistik tizimning yana bir muhim tushunchalaridan biri – logistik tsikl yoki logistikaning funktsional tsikli tushunchasidir. Yuqorida ta’kidlanganidek logistik tsikl davomida ma’lum logistik faollik (harakat) amalga oshiriladi. Logistik tsikl asosiy faollik (ishlab chiqarish, ta’minot, sotish va yetkazib berish)ga yoki yordamchi qo’llab- quvvatlovchi faollikka oid bo’lishi mumkin. Odatda logistik tsikl tarkibida quyidagi elementar tsikllari bo’lishi mumkin:
buyurtma tsikli;
zaxiralarni to’ldirish tsikli;
iste’molchi buyurtmasini qayta ishlash tsikli;
xarid qilish tsikli;
buyurtmalarni taqsimlash (jylashtirish) tsikli;
material resurslar (MR) yoki tayyor mahsulot (TM)larni yetkazib berish tsikli;
ishlab chiqarish tsikli;
iste’molchilar buyurtmasini yig’ib olish tsikli;
hujjatlarni tayyorlash tsikli va shu kabilar.
Insonlar hayoti farovonligining moddiy asosi – ishlab chiqarishdir. Hayotimizda zarur bo’lgan barcha narsalar – kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar ishlab chiqarish orqali vujudga keladi. Ishlab chiqarish korxonalarining uzluksiz faoliyat olib borishi uchun ular o’z vaqtida xom ashyo bilan ta’minlanishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa belgilangan vaqtda iste’molchilarga yetkazib berilishi zarur.
Material oqimlarni logistik boshqarish tizimi quyidagi 8 ta asosiy qismdan iborat (1.13-rasm).

1

2

3

4

5

6

7

8

Xom ashyo



Trans
port

Ishlab chiqa
rish zaxirasi

Ishlab chiqa
rish

Ulgurji savdo

Trans
port

CHakana savdo

Trans
port


1.5-rasm. Logistik tizimda material oqim manbalari va harakati sxemasi


1-qism. Xom ashyo va materiallar sotib olish ishlab chiqarishni tashkil etishda asosiy manba hisoblanadi.
2-qism. Transport - bu sotib olingan xom ashyo va boshqa kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish zaxiralari saqlanadigan omborlarga yetkazish vositalari va jarayonlaridan iborat.
3-qism. Ishlab chiqarish zaxirasi, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini xom ashyo bilan uzluksiz ravishda ta’minlaydi va shu asosda rejalashtirilgan hajmda mahsulot va tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi. Zaxiralar omborlarda saqlanadi.
4-qism. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish – bu yetkazilgan xom ashyo va materiallarga ma’lum ishlab chiqarish operatsiyalarini qo’llash asosida tegishli talablarga javob beradigan yangi mahsulot va tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatishdan iborat.
5-qism. Transport. Mazkur bosqichdan oldingi qismda ko’zda tutilgan ishlab chiqarish orqali olinadigan mahsulot tovar bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Agar olingan mahsulot tovar bo’lsa, unda mazkur material oqimi harakati yuqorida keltirilgan 1.5-rasm chizmasiga muvofiq amalga oshiriladi. Aks holda, tayyorlangan mahsulot boshqa bir ishlab chiqarish uchun xom-ashyo (yarim fabrikat) sifatida foydalaniladi.
6-qism. Ulgurji savdo material oqimlarni katta hajmda qabul qiladi, qayta ishlaydi, saqlab turadi va chakana savdo tashkilotlariga sotadi. Ulgurji savdo baza va birlashmalari faoliyatida vositachilarning ahamiyati katta bo’ladi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarning ulgurji va chakana savdo tizimlarida turli vositachilarni ko’rish mumkin: dilerlar, distribьyuterlar, komissionerlar, brokerlar, ulgurji savdogarlar, komission savdogarlar va hokazo.
7-qism. Transport. Bunda kichik partiyali tovarlar ulgurji savdo bazalaridan chakana savdo tarmog’iga – do’konlarga yetkazib beriladi.
8-qism. CHakana savdo tashkilotlari tovarlarni aholiga sotadi.
Yuqorida keltirilgan material oqim manbalari va sxemasida keltirilgan barcha qismlarning samarali faoliyati tegishli axborot va aloqa tizimi hamda malakali xodimlar mehnati bilan ta’minlanadi.
Moddiy oqimlar insoniyat tomonidan qadimdan boshqarilib kelingan. Logistika esa xo’jalik amaliyotida yaqindan boshlab ko’llanila boshlandi (ko’plab mahalliy korxonalarda hatto hali hanuz ko’llanilmaydi). Logistikaga berilgan ta’riflar har doim ham moddiy oqimlarni boshqarishda logistik yondashuvning o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etmaydi. SHunga bog’liq ravishda moddiy oqimlarni an’anaviy boshqarish bilan logistik tamoyillar asosida boshqarish farqlari xususida chuqurroq to’xtalib o’tamiz.
Moddiy oqimni bosqichma-bosqich o’tkazuvchi bir nechta mustaqil korxonalardan tashkil topgan zanjirni ko’rib chiqamiz. Odatda har bir korxona uning egasi tomonidan mustaqil boshqariladi (1.6. rasm).


Boshqarish ob’ektlari - alohida korxonalar

Harakatdagi moddiy oqim ko’rsatkichlari zanjirdan chiqayotganda (A nuqta) tasodifan to’planib qoladi

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling