1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
Download 229 Kb.
|
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot oqimi
- Logistik tizim (LT)
- Makrologistika
Servis oqimi - bu logistik tizimda tashqi va ichki iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida bajarilayotgan xizmatlar oqimidir.
Moliyaviy oqim – bu material, axborot va servis oqimlarini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarning yo’naltirilgan harakatidir. Axborot oqimi - bu material, moliyaviy va servis oqimlariga oid og’zaki, yozma hujjatlarda aksettirilgan xabarlar, axborot va ma’lumotlar oqimidir. Material va unga bog’liq bo’lgan oqimlarni boshqarish uchun logistik tizim tashkil etiladi. Logistik funktsiya yoki kompleks logistik faollik – bu ma’lum yo’nalishda ajratib olingan va logistik tizim yoki uning zvenolari oldiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan logistik operatsiyalar jamlanmasiga aytiladi. Logistik funktsiyalar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi ikkita guruhga bo’linadi: asosiy logistik funktsiyalar (LF); ta’minlovchi LF. Asosiy logistik funktsiyalardan tashqari ularning amalga oshirilishini ta’minlovchi quyidagi yordamchi funktsiyalarlar ham ko’zda tutiladi: • asosiy LFni amalga oshirishda lozim bo’lgan axborot bazasini yaratish va uning faoliyatini ta’minlash; • barcha jarayonlarni amalga oshirishda tegishli transport va moliyaviy ta’minotni yo’lga qo’yish; • tegishli servis xizmatlarini joriy etish. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, savdo-sotiq kabi turli sohalarning texnik-texnologik, iqtisodiy-moliyaviy va tashkiliy-axborot jarayonlarini boshqarishning hozirgi amaliyotida logistik yondashuvdan deyarli foydalanilmaydi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida turli tarmoqlarning samarli rivojini ta’minlash uchun boshqaruv tizimini logistik asoslarini yaratish va uning raqobatdoshligini ta’minlash lozim bo’ladi. SHu tufayli keyingi bayonimizda bu sohada zarur bo’ladigan tushunchalar va yondashuvlarni asoslashga o’tamiz. Ma’lum yo’nalishda ketma-ket keluvchi logistik operatsiyalar birlashtirilib, logistik funktsiyalar shakllantiriladi. Mazkur funktsiyalar jamlansa logistik tizim vujudga keladi. Logistik tizim logistik yondashuvning eng muhim tushunchasi hisoblanadi. Logistik tizim (LT) - material va unga hamroh boshqa oqimlarni boshqaruvchi va bozor sharoitida o’zining iqtisodiy-tashkiliy maqsad va mexanizmlariga muvofiq faoliyat ko’rsatuvchi murakkab tashkiliy-texnologik tuzilmadir. Logistik tizim o’zining oldiga qo’yilgan maqsad – vazifalari miqyosiga ko’ra ikki guruhga – makrologistik va mikrologistik tizimlarga ajratiladi. Makrologistika tovar sotib oluvchi va sotuvchilar bozorini tahlil etish asosida mahsulot va tovarlarni samarali sotib olish va taqsimlash kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish masalalari bilan shug’ullanadi. Makrologistika nazorat etuvchi ob’ektlar – bu pul-tovar munosabatlari asosida ish yurituvchi yuridik jihatdan mustaqil korxonalardir. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling