1-Modul. Pedagogning kommunikativ konikmalarini rivojlantirish


Zamonaviy pedagogning qobiliyati


Download 52.5 Kb.
bet2/2
Sana03.11.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1743020
1   2
Bog'liq
1- modul mavzu 2022

11.Zamonaviy pedagogning qobiliyati - zamonaviy ta’lim beruvchi, shogirdlarini aqlu donishlikka, iymon-etiqodga, milliy va umumbashariy qadriyatlarni avaylab asrashga, faol hayotiy pozitsiyaga, tashabbuskorlikka, tadbirkorlikka, ijodga yunaltirish kabi qator qobiliyatlarga ega bo‘lishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu qobiliyat turi, ta’lim oluvchilarning kelajak faoliyatlariga yunaltirilganligi uchun, uni biz pedagogning strategik qobiliyat atadik.
Pedagogning kommunikativ kompetentligi–pedagogning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob doirasida muloqot qiaolishida namoyon bo’ladi.
Kommunikativ – o’zbek tilshunosligida kommunikatsiya, fikr almashuv ma’nosida tushuniladi.
O’quvchilar bilan pedagogik muloqatning quyidagi yunalishlari mavjud:
pedagogning alohida o‘quvchi bilan muloqoti;
pedagogning butun guruh bilan muloqoti;
pedagogning alohida o‘quvchi orqali guruh bilan muloqoti;
pedagogning guruh orqali alohida o‘quvchi bilan muloqoti.
Hayotda “xulq-atvor” tushunchasi mavjud. Bu tushuncha arab tilida “xulq” – muomala, muloqat ma’nosini anglatsa, “atvor” – ruxiy holatdagi o’zgarishni bildiradi. Haqiqatan, ikki yoki ko’proq kishilar muloqatga kirishar ekan, o’sha lahzada ularning ruhiy xolatlarida ham o’zgarishlar ro’y beradi.
Pedagogik muloqat, birinchidan, ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega bo’lsa, ikkinchidan, o’ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayon hisoblahadi.
Shunday ekan, pedagogik muloqot natijasining ijobiy bo‘lishi uchun harakat qilmog’I darkor. Muloqat, o‘quvchini erkin fikrlash, faol bo’lish, o’zluksiz ta’lim olish, ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish layoqatini tarbiyalashga yunaltirilgan bo’lishi kerak.
Muloqat natijasida quyidagi ijtimoiy-psixologik vazifalar hal etiladi:
1) shaxsni o‘rganish (bilish);
2) axborot almashish;
3) faoliyatni tashkil etish;
4) xayrihoxlik bildirish.
Pedagoglar o‘z faoliyatlarida muloqotning quyidagi turlariga tayanib ish ko‘radi:
1) o‘zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot;
2) o‘zaro do‘stona munosabatga asoslangan muloqot;
3) muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot;
4) qo‘rqitish, tahdid qidishga asoslangan muloqot;
5) hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot.
Pedagogning rahbar sifatidagi muloqot usullari quyidagi uch turga ajratiladi:
1. Avtoritar uslub. Bunga ko‘ra o‘quvchilar tomonidan barcha turdagi faoliyatning tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarining barchasi faqat pedagog tomonidan belgilanadi. O‘quvchilarning har qanday tashabbuslari rag‘batlantirilmaydi, aksincha, buyruq, ko‘rsatma, yo‘llanma berish, shuningdek, jazolash choralariniko‘rish orqali o‘quvchilarga ta’sir etiladi. Hatto o‘quvchilarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda ham ularga bo‘lgan ta’sir turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya’ni: “Sendan ijobiy xatti-harakatni kutmagan edim?!”, “Buni qara-ya, nahotki o‘zgargan bo‘lsang!?”, “Qara-ya, birgina a’lo baho olish bilan o‘zingni yaxshi inson bo‘lib qolgan deb hisoblaysanmi!?” va h.k. mazmundagi rag‘batlar, ular asli ijobiy holatni e’tirof etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, o‘quvchini yangi yutuqlariga ilhomlantirmaydi. Aksincha, unda ta’lim olishga, ta’lim muassasasiga va pedagoglarga nisbatan sovuqqonlikni yuzaga keltiradi.
2. Demokratik uslub. Unga ko‘ra pedagog pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‘radi. O‘quv mashg‘ulotlariva tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda har bir o‘quvchining fikrini inobatga olishga, ularni umumlashtirgan holda eng samaralisini tanlab olishga intiladi. Muhokamalar chog‘ida barcha o‘quvchilarning ishtiroklari ta’minlanadi. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Bu uslubdan foydalanayotgan pedagog zimmasidagi vazifa faqatgina o‘quvchilarning faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi. Asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yutuqlarini e’tirof etgan holda yoki ularning xatolarini o‘zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‘rishga qaratadi. Har bir o‘quvchining yutug‘i alohida e’tirof etiladiki, bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‘radigan pedagog har bir o‘quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qiladi, faol o‘quvchilarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Pedagog o‘quvchilar bilan muloqotnio‘rnatishda iltimos, maslahatga tayanib ish ko‘radi.
3. Liberal uslub. Odatda bu uslub pedagog va o‘quvchi munosabtlarining kelishuvchanlikka asoslanishini ta’minlaydigan uslub sifatida e’tirof etiladi. Bu uslubga ko‘ra ish yuritadigan pedagog o‘quvchilar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarga ham e’tibor bermaslikka intiladi. O‘quvchilarni tartibga chaqirish, vaziyatdan kelib chiqqan holda ularning faoliyatini to‘g‘ri baholab, jazolash zarur bo‘lgan vaziyatlarda ham indamaslikni odat qilib oladi. Bu esa o‘quvchilarning odobsiz, yalqov, mas’uliyatsiz bo‘lishlariga olib keladi. Liberal uslubni ma’qul ko‘radigan pedagog o‘quvchilar hayoti bilan mutlaqo qiziqmaydi, ularning faoliyatlariga aralashmaydi, hal qiluvchi vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasidan soqit qiladi. Ayrim holatlarda bir-biriga zid bo‘lgan fikrlarni ham birdek ma’qullaydi. Bu tahlitda ish ko‘radigan pedagog obro‘ga ega bo‘lmaydi. Chunki unga ishonish mumkin emas. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda pedagogning nafaqat o‘zi, balki uning ijobiy ta’siri asosida o‘quvchilar ham muloqot madaniyatini o‘zlashtirib borishlari lozim.
Kommunikativ madaniyat – muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etish asosida, suhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatidan iborat.
Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish –o’qituvchining o’quvchilarga pedagogik nazokat bilan ta’lim-tarbiyaviy, irodaviy va hissiy ta’sir etishidan iborat.
Quyidagi muloqat turlaridan foydalanish o’quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish omillari hisoblanadi:
1) qo‘llab-quvvatlaydigan munosabatlar bilan xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi; 2) ko‘proq jamoaviy ishlash; 3) tana tili; 4) faol tinglash; 5) teskari aloqa; 6) hazil tuyg‘usi; 7) texnik mahorat; 8) aniq bo‘lish.
Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling