1-Modul. Pedagogning kommunikativ konikmalarini rivojlantirish


Download 52.5 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1743020
  1   2
Bog'liq
1- modul mavzu 2022


1-Modul. Pedagogning kommunikativ konikmalarini rivojlantirish


1-mavzu: KOMMUNIKATIVLIK O’QITUVCHI-O’QUVCH MUNOSABATLARINING PEDAGOGIK OMILI
REJA:
1. Pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari.
2. O‘qituvchi – o‘quvchi munsabatlarida kommunikativlik strategiyalari.

Pedagog kommunikativ ko‘nikmalarining namoyon bo‘lishida uning mahorati muhim ahamiyatga ega.


Mahorat – arab tilida “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik” ma’nolarini anglatadi.
Mahorat tushunchsiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
1) tegishli fanlar va boshqa matnli manbalarni o‘qib-o‘rganish, axborot kommunikatsion texnologiyalar va atrofdagi insonlardan ko‘rib-eshitib o‘rganish hamda hayotiy tajribalar jarayonida orttirilgan bilimlar majmuini, tegishli vositalar va usullar yordamida, kasbiy-shaxsiy faoliyatga mohirlik, ustalik, epchillik bilan san’atkorona qo‘llashga mahorat deyiladi (prof.P.Z.Davronov).
2) ta’lim–tarbiyaga oid fanlarni va boshqa matnli manbalarni o‘qib-o‘rganish, axborot kommunikatsion texnologiyalar va hamkasblardan ko‘rib-eshitib o‘rganish hamda hayotiy tajribalar jarayonida orttirilgan bilimlar majmuini, tegishli vositalar va usullar yordamida, kasbiy-shaxsiy faoliyatga mohirlik, ustalik, epchillik bilan san’atkorona qo‘llashga pedagogik mahorat deyiladi (prof.P.Z.Davronov).
2. Mahoratli pedagog bo‘lishning faoliyat yo‘nalishlari
1. O‘quv pedagogik faoliyat yo‘nalishi. 2. Shaxsiy faoliyat yo‘nalishi. 3. Ijtimoiy pedagogik faoliyat yo‘nalishi. 4. Axborot-kommunikativ faoliyat yo‘nalishi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
1. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi.
2. Kasbiy bilimdonlik pedagogik mahoratning tub asosini tashqil qiladi
3. Ta’lim beruvchidan pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi talab etiladi.
4. Pedagoglar pedagogik texnika sohiblari bo‘lishlari zarur. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari: pedagogning nutq malakalari; pedagogning mimikasi va pantomimikasi; pedagogning o‘z psixologik (ruxiy) holatini boshqara olishi; aktyorlik va rejissyorlik mahoratlari kompleksidan iborat.
1. Didaktik qobiliyat. 2. Akademik qobiliyat.3. Perseptiv qobiliyat.
4. Nutqiy qobiliyat. 5. Tashkilotchilik qobiliyati. 6. Obro‘ga egalik qobiliyatlari.
7. Komunikativ qobiliyat.8. Diqqatni taqsimlash qobiliyati.
9. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati.10.Konstruktiv qobiliyat.

Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling