1-Modul. Psixologiya predmeti 1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 71.34 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi71.34 Kb.
#1056389
1   2   3   4
Bog'liq
1-mav-Predmeti, vazi

Sezgi, idrok,



Kayfiyat,parishonhollik,



Temperament,

xotira,xayol,



Shodlik, qayg`u,

Xarakter,

tafakkur, nutq,

Tushkunlik, ruhlanish

Qobiliyat






Psixikaning asosiy vazifalari





Aks ettirish

Faoliyat va xulqni boshqarish



4-ilova


O’zbek psixolog olimlari E.G’oziyev, M.Xolmuxamedov, X.Ibrohimovlarning “Psixologiya metodologiyasi” o’quv qo’llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi yetarlicha dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’oziyevning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. Shaxsning ijtimoiy ta’sirlar mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi masalalari G’.B.SHoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir. Oila maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo munosabatlari, nikoh qurish omillari jihatidan o’rganish ishlarini psixologlardan M.Utepbergenov, R.Dushanov, ye.Morshinina, Sh.Jo’rayevalarning ilmiy ishlaridan ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish va tadqiq etish ishlari R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova ilmiy ishlarida kuzatiladi. V.M.Karimova o’zining bir qator kitoblarida psixologiyaning ijtimoiy psixologiyaga aloqador muammolarini, masalalarni ko’rsatib bergan.

Download 71.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling