1-Modul. Psixologiya predmeti 1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


- ilova Sharq allomalarining psixologik qarashlari


Download 71.34 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi71.34 Kb.
#1056389
1   2   3   4
Bog'liq
1-mav-Predmeti, vazi

5- ilova

Sharq allomalarining psixologik qarashlari




Mavjudot «emonatsiya» yordamida yagona boshlang`ichdan pog`onama-pog`ona vujudga kеlgan,

yakkalikdan kўplikka, rang baranglikka borgan.





Forobiy






Shaxsiy ruh - u miyada bo`lib, undan badan a'zolariga asab orqali tarqaladi




Xorazmiy




Inson tana va jondan tashkil topadi, miya insonni boshqarib turuvchi markazdir.



Ibn Sino






Aql, mеhnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini bеlgilaydi. Inson o`z ehtiyojlarini mеhnat tufayli qondiradi



Bеruniy






Ruhni «ota»ga qiyos qiladi, moddiy narsalarni «ona»ga o`xshatadi. Uning fikricha barcha narsalarni yaratuvchi birinchi sabab xudodir.



Rudakiy



6-ilova
5-ilova

Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni


Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir.


Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.

Download 71.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling