Ta’limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Bizga ma’lumki, hayotda ko‘p narsalarni o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi — soniya, soat, uzunlik o‘lchovi — metr, og‘irlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuchlanishi o‘lchovi — volt.Savol tug‘iladi: ta’limning, xususan oliy ta’limning ham o‘lchov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.
Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi. Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi talab etiladi.
1-rasm.
Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180).
25-30 soat o‘qish yuklamasi
1 kredit
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda ta'lim beruvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi.
O‘qitish vazifasi ta'lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda ta'lim oluvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki, guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilar javob berayotgan ta'lim oluvchining fikrini diqqat bilan tinglashadi va avval egallagan bilimlarini mustahkamlab, qo‘shimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |