Mavzuga oid savol va topshiriqlar.
Mehnat qo’shiqlarining qanday turlari bor?
Zardushtiylik dinida qaysi kasb ulug’langan?
Xalq ertaklaridan qaysilarida mehnat qilish, halol risq topish kerakligi targ’ib qlingan?
Alpomish dostonida xaql qanday mehnat turlari bilan shug’ullanganligi aytib o’tilgan?
11-MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo‘naltirish. 2.Kasbga oid ma‘lumotlar.
3.Kasbga yo‘naltirishda turli boshqotirmalardan foydalanish. 4.Kasbga yo‘naltirishga doir o‘yin texnologiyalaridan
foydalanish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kasb-hunar, kasbga yo'naltirish, kasbga yo'naltirishda asosiy maqsad,kasbga yo'naltirishda mezonlar, o'qituvchi oldidagi maqsadlar, kasblar, "kasbni toping" o'yini, kasbiy qiziqish, kasbiy layoqat.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad - o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi.
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.
Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi.
Do'stlaringiz bilan baham: |