1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja
Turkiy tillarda undoshlarning o’ziga xos xususiyatlari
Download 357.93 Kb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org
Turkiy tillarda undoshlarning o’ziga xos xususiyatlari. Turkiy tillarda undoshlarning o’xshash tomoni bilan birga har bir turkiy tilning o’ziga xos jihatlari ham mavjud.Masalan,sof turkiy so’zlar sonor tovushlar bilan boshlanmaydi,sonorlar ko’proq so’zning oxirida keladi.So’z boshida jarangli undoshlarni ishlatmaslik xarakterli hol.Bu hodisalar turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda ham kuchli bo’lgan.Hozirgi turkiy tilda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan so’zlar ikkilamchi hodisa sanaladi.Turkiy tillarning o’g’uz gurihiga kiradigan turk,ozarbayjon turkman tillarida so’z boshida undoshlarning jaranglashuvi keng tarqalgan: gel,go’r,dash,dag’ kabi.So’z boshida jarangsiz undoshlarning qo’llanishi Sibirdagi turkiy tillar va chuvash tili uchun xarakterlidir.Turkiy tillarga xos fonetik hodisalardan biri jarangsiz undoshlarning so’z o’rtasida intervokal pozitsiyada jaranglashuvidir.Ana shu xususiyatga ko’ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) bir bo’g’inli so’zlarda jaranglilashuv sodir bo’ladigan turkiy tillar; 2) bir bo’g’inli so’zlarda jaranglilashuv sodir bo’lmaydigan turkiy tillar. Birinchi guruh tillarda o’zaklarda unli bilan boshlanuvchi affiks qo’shilsa, o’zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglilashadi:pas – pazi (bosh-boshi),at-adi xakas tilida;tuva tilida: as-azip (osib); qozoq tilida: shiq –shig’ib(chiqib),tik-tigib; kap-kabi; tatar tilida:ak-agim(oqim). Ikkinchi guruh tillarda bir bo’g’inli so’zlarda jarangsiz undosh saqlanadi.Ms: ot-oti,oq-oqib. Lekin bu tillarda intervokal pozitsiyada k,p jarangsiz undoshlar jaranglilashadi: o’rtoq-o’rtog’i; uyg’ur tilida:ayak-ayig’i,yazlik-yazligi.Turkiy tillarda b, d undoshlarining so’z oxirida kelishi chegaralangan.Turkiy tillar undoshlari uchun muhim hodisalardan yana biri undoshlar geminatsiyasidir. Undosh tovushning ikkilanishi geminatsiyadir.Bu hodisa turkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan. Hamma turkiy tillar uchun bir xil deb bo’lmaydi.Masalan, qarluq,o’g’uz va bulg’or guruhi tillarida ko’p uchrasa (o’zb.to’qqiz; chuvash.taxxar),qipchoq guruhi tillarida,yoqut tilidan boshqa Sibirdagi turkiy tillarda kam uchraydi (qozoq. tog’uz;qirg’.togus).Bu hodisa assimilyatsiya natijasida vujudga kelgandir.Masalan, o’zb. yeti(yetdi) shaharri;qoz. atti(otni); qirg’. Soldattar;qo’miq tilida minni(mindi),ulanna(o’g’londa)kabi. Download 357.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling