Edafik omilning o‘simlik va hayvonlar hayotidagi roli. Hayvonot va
o‘simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham
muhim rol o‘ynaydi.
Tuproq–organizmlarning suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal
sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan
o‘zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, iqlim omillaridan
farq qilib, u organizmlarga faqat ta’sir qilib qolmasdan, ko‘pgina mikroblar,
o‘simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo‘lib xizmat
qiladi. Ikkinchidan, u tog’
jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati
orasida bir-biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir. Uchinchidan, edafik
omilning o‘ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va biotik omillar chegarasida
turadi. Shuning uchun uni tuproqshunoslar biokos modda deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |