3. Sinekologiya (“sin”– yunoncha so‘z bo‘lib, “birgalikda” degan ma’noni
bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simliklar va hayvonot
turlarining o‘zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini
o‘rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha
“bios”–hayot, “sfera”–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda
tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi
biosfera deb ataladi. Ushbu ta’limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy
(1863-1945) hisoblanadi.
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o‘zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy
ekologiya, iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish
ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va hokazolar) vujudga keldi. Lekin ekologiya
fanini o‘rganmasdan, sanoat ekologiyasini o‘rganib bo‘lmaydi.
Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, “Ekologiya” va “Ekonomika” atamalari bir ildizli yunoncha so‘zlardir.
Agar “oykos”-uy, ro‘zg’or, xo‘jalik bo‘lsa, “nomos”-qoida, qonun
demakdir. “Ekonomika” (iqtisodiyot fani)–uy–ro‘zg’or xo‘jaligini boshqarish
san’atidir. Demak, “Ekologiya” fani “Iqtisodiyot” faniga chambarchas bog’liqdir.
Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya,
mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar
bilan chambarchas bog’liq fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |