yashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabatlari, hamda shu
asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va
uning ma’lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq
etadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb ataladi.
I.1.1-jadval
“Ekologiya” fanining asosiy vazifalari
1
Hayot jarayoni qonuniyatini o‘rganish, shuningdek, insonning tabiiy
tizimlarga va biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o‘rganish.
2
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab
chiqarish, inson faoliyati tufayli o‘zgargan tabiatdagi jarayonlar va
o‘zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun
eng qulay muhitni saqlash.
3
Populyatsiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona
foydalanish.
4
Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o‘rganish va ularga qat’iy rioya
qilish.
5
Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish
yo‘llarini ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |