Insonlarning ishlab chiqarish faoliyatlari bilan atrof-muhit o‘rtasidagi
bog‘liqlik. Inson – Yer kurrasining jonli qobig’i – biosferada yashovchi tirik
organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurgizuvchi
individdir. Inson ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi,
takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy
o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi.
Insonlarning muayyan bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki majmui –
jamiyatdir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan juda uzviy munosabatda
bog’ladilar.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, lekin insonlarning ongli
ravishda biron-bir maqsadlarni ko‘zlab takomillashtirilgan mehnat qurollaridan
foydalangan tarzda uyushishi va ularni tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘p narsani
belgilab beradi. Agarda ushbu maqsad insonlarning ehtiyojlarini qondirishni
faqatgina tabiatdan "topishga" yo‘naltirsa, unda atrof tabiiy muhitda juda sezilarli
darajada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksincha, ushbu jamiyat maqsadi
tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilsa, unda tabiatda ijobiy siljishlar ham
bo‘lishi mumkin.
Fan va texnika yuksak darajada rivojlangan hozirgi davrda inson va tabiat
o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |