1-Modul. Umumiy ekologiya. 1-Mavzu: Kirish. Ekologiya fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana09.11.2021
Hajmi0.69 Mb.
#172430
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1.1-Mavzu

to‘lash  lozim.  Biron-bir  narsa  tekinga  berilmaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  har 

bir  narsa  uchun,  shu  jumladan,  tabiatdan  foydalanish  uchun  ham,  to‘lash  kerak. 

Global  ekologik  tizimda,  ya’ni  biosferada  har  qanday  foyda  ko‘rishlar,  albatta, 

talofatlar bilan birga qo‘lga kirtiladi. Ushbu talofat esa boshqa joyda paydo bo‘ladi. 

Tabiatdan olingan har bir narsaning joyi albatta, to‘ldirilishi shart.  

 

4-qonun. Tabiat nima qilishni yaxshi biladi. Ushbu qonun Yerda hayotning 

paydo bo‘lishi va rivojlanishiga asoslangandir. Tabiatda har bir organik moddaning 

parchalantiruvchi  fermenti  mavjudki,  uning  har  bir    bo‘lagi,    ob’ekti    aniq    bir  

vazifaga  ega  va  ular  tabiatning  doimo  rivojlanishiga,  gullab-yashnashiga,  o‘z-

o‘zini  musaffolashishiga  yordam  beradi.  Hatto  inson  ko‘ziga  ko‘rinmaydigan 

mikrob, bakteriyalar ham aniq bir vazifani  bajarish  uchun yaratilgan va  ular ham 

yerda hayot  davom etishi  uchun o‘z  ulushlarini  qo‘shadilar. Hammamiz uchun  

ko‘pincha  “keraksiz”  deb    tuyiladigan    pashshalar    ham    aniq  bir    vazifani  

bajaradilar. Ular bakteriyalarning  millionlab  “armiyasi”ni o‘z oyoqlarida  tashib,  

chiqindilarni chirishiga, parchalanishiga,  ya’ni  yer yuzini  tozalanishiga sababchi  

bo‘ladilar.  Lekin  inson  shu  qonunga  zid  ravishda  umuman  parchalanmaydigan, 

chirimaydigan, ya’ni hech qanday bakteriyalar o‘zlashtira olmaydigan moddalarni, 

mahsulotlarni (polimer,  plastmassa, shishasimon va shu kabi moddalarni), zaharli 

ximikatlarni,  pestitsidlarni    ishlab  chiqardiki,  oqibatda  ularni  eskirishi,  to‘kilishi 

natijasida  tabiat,    turli    ko‘rinishdagi  chiqindilar  bilan  to‘lib  toshdi,    atrof-muhit 

keskin  ifloslandi.  Shuning  uchun  hozirgi  kunda  tezlik  bilan,  ilmiy  asoslangan  

tabiat qonunlarini inobatga olgan  holda  ishlab  chiqarishlarni qayta  yo‘lga  qo‘yish  

darkor. 




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling