ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik
qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va
psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni,
o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini
tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya-ta’lim tarbiyaning ta’siri
oqibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv
materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o‘quv qurollari,
asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri,
ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik
qonuniyalarini, uning mexanizmlarini, shunigdek, faol, mustaqil hamda ijodiy
tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali
usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada yosh davrlari psixologiyasi va
pedagogik psixologiya- hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan
sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining
tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-
biriga uzviy bog‘liqdir, chunki ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni-ulg‘ayib
borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning hulq-atvorini tadqiq etadi.
Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki faol psixologiya ilmining mustaqil sohalari
hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishi hamda psixologik
xususiyatlarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: