tashkilotchisi bo‘lgan o‘qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini
ham o‘rganadi. Bunda o‘qituvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni
ta’minlovchi sifatlariga urg‘u berish bilan birga, uning bilim, ko‘nikma, malaka va
qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari
aniqlanadi.
Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy
psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va
shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan umumiy
psixologiyaga asoslanadi.
Pedagogik psixologiya fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega bo‘lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy
tamoyillariga; oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada
to‘plangan ilmiy ma’lumotlariga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi,
o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlar psixik taraqqiyoti jarayonida yuz
beradigan o‘zgarishlarning sabablari, holat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining vazifalarni mazmuniga ko‘ra ikki
guruhga ajratish mumkin. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari
g‘oyat muhim va murakkab bo‘lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli
yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-
sharoitlarining o‘zaro ta’siri xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Yosh psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning
namoyon bo‘lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psixologik
xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kiritilgan ilmiy
dalillarni ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: