1. Mol-mulk solig’i moliyaviy nuqtai nazardan qanday funksiyalarni bajaradi?


Download 19.39 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi19.39 Kb.
#1275381
Bog'liq
tayyor


1. Mol-mulk solig’i moliyaviy nuqtai nazardan qanday funksiyalarni bajaradi?
A) rag’batlantiruvchi va nazorat
B) fiskal
C) Ava B
D) tartibga solish
2. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i kelib tushish manbasiga ko’ra qaysi turga mansub?
A) bevosita
B) bilvosita
C) umumdavlat
D) mahalliy
3.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini soliqqa tortish obyekti:
A) ko’chmas mulk va asosiy fondlar
B) asosiy fondlarning o‘rtacha belgilangan qoldiq qiymati
C) asosiy fondlarning balans qiymati, balanslashgan qiymati
D) asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qoldik qiymati
4. Mol-mulk solig‘i soliq davri…
A) kalendar oy
B) kalendar yil
C) chorak
D) kvartal

5. Soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga qaysi muddatdan kechiktirilmay yuborilishi shart?


A. Joriy yilning 15-iyunigacha.
B. Joriy yilning 25-apreligacha.
C. Joriy yilning 5-yanvarigacha
D. Joriy yilning 1-martgacha.

S

1

2

3

4

5

J

C

D

A

B

D

1-MASALA:


Pensioner kvartirasining kadastr qiymati 120 000 000 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 82 kv. metrni tashkil etadi. Mazkur pensioner uchun 2023-yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasi hamda imtiyoz summasini hisoblash lozim.
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 120 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 82 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi. Pensionerlar 60 gacha imtiyozga ega. Shunga ko‘ra mazkur pensioner uchun 2023-yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasi:
Mol-mulk solig’i summasi :
(120 000 000-(120 000 000/82)*60)* 0,23%=32195122*0,23%=74049 so‘m
Pensioner uchun imtiyoz summasi:
(120 000 000* 0,23%)-74049 so‘m= 201951 so‘m
2-MASALA:
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan jismoniy shaxsga tegishli turar joy kadastr qiymati 135 mln.so‘mni, umumiy maydoni 42 kv. metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur turar joy bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Turar joyning kadastr qiymati: 135 000 000 so‘m.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
135 000 000 * 0,23 % = 310 500 so‘m.
3-MASALA:
Toshkent shahri markazidagi xonadonning kadastr qiymati 1,5 mlrd. so‘mni, mulk egallagan maydon esa 515 kv. Metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur xonadon bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 1 500 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 515 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 500 kv.m dan ortiq bo‘lgan shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 0,4 foiz etib belgilangan. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
1 500 000 000 x 0,4% = 6 000 000 so‘m.
4-MASALA:
Angor tumani to’lqin mahallasidagi ipak qurti yetishtiradigan korxonaga tegishli mulkning kadastr qiymati 160 mln. so‘mni, mulk egallagan maydon esa 210 kv. metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur noturar joy bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 160 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 210 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (shahardan tashqari) uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 0,33 foiz etib belgilangan. Soliq imtiyoziga ko’ra ipak qurti yetishtiradigan korxonalar 50% soliq chegirilib to’lanadi. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
(160 000 000 *0,33%)*50% = 264 000 so‘m.
5-MASALA:
Toshkent shahridagi kvartiraning kadastr qiymati 150 mln. so‘mni , maydoni esa 70 m2 tashkil etadi. .2023-yilda mazkur kvartira bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 150 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 70 m2.
Soliq kodeksiga asosan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi.
150 000 000 x 0,23 % = 345000 so‘m.
Demak, 2023 yil ushbu kvartira uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘i 345000 so‘mni tashkil etadi.
6.Fuqaro B.P (urush nogironi) kvartirasining kadastr qiymati 155 000 000 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 96 kv. metrni tashkil etadi. Mazkur fuqaro uchun 2023-yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasini hisoblash lozim.
Yechish: Urush nogironlari mol-mulk solig’idan ozod qilinganligi bois soliq to’lamaydi
Download 19.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling