REJA: 1. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati. 2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning to’lovchilari. 3. Soliq solinadigan baza va soliq solinadigan bazani belgilash tartibi. 4. Mol-mulk solig’I stavkalari va imtiyozlari. 5. Mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi. Таянч иборалар: Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. - Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy budjetlarga tushadi va u mahalliy budjetlarning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
- Soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad, birinchidan, jismoniy shaxslarni o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, jismoniy shaxslarning mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. - O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan 1994 yil 1 yanvardan joriy etildi.
- Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lib hisoblanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |