1. Molekulyar biologiya fani, predmeti haqida tushuncha bering
Download 491 Kb.
|
Doniyorova 403 mol.bio
Nazorat savollari. 1. Molekulyar biologiya fani, predmeti haqida tushuncha bering. 2. Molekulyar biologiyaning boshqa biologik fanlar bilan bog’liqligini, o’ziga xos uslublarga egaligini ifodalang. 3. Molekulyar biologiya fani taraqqiyoti va unga hissa qo’shgan olimlar ishi haqida tushuncha bering. 4. Xujayra organellalari, ularning bajaradigan vazifalarini ifodalang. Javoblar: 1.Molekulyar biologiya tirik organizmlarning asosiy xossalari, o’sish va rivojlanish, ko’payish va tabaqalanish, irsiyat va immunitet, xarakatlanishi va tashqi muhitga moslashishi va shu kabi boshqa ko’p biologik elimentlarning molekulyar asosini tadqiq qilishga va tushuntirishga qaratilgan fan. U XX asrning o’rtalarida barcha hayot shakllarining tuzilish birligi bo’lgan hujayrani o’rganishga fizik va kimyoviy usullar va biologiyaning ayrim sohalarida to’plangan ma’lumotlar va g’oyalarning tadbiq qilishi asosida paydo bo’ldi. Uning asosini hayotiy jarayonlar ximiyasi o’rganadigan biokimyo tashkil qiladi.Lekin molekulyar biologiyaning g’oyalari, tekshirish usullari yuksak molekulyar organik birikmalarning tuzilishi haqidagi eng so’nggi ta’limotlarga genetika, mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya kabi biologiya fanlarining hujayra va uning komponentlari haqidagi tadqiqod yakunlariga asoslanadi. SHuning uchun ham molekulyar biologiya koppleks fan hisoblanadi.Molekulyar biologiya tekshiradigan asosiy ob’ekt hujayrani tashkil qilgan yirik polimer molekulalar- biopolimerlar, oqsillar,nuklein kislotalar hujayraning mayda morfologik strukturalari, organellalari ular hujayra komponentlari ya’ni hujayrada kichik tuzilmalar deb ham aytiladi. 2.Molekulyar biologiyaning 1 chi navbatdagi di qqat markazda turgan ob’ekt oqsillar va nuklein kislotalar ularning turli shakllari evolyusiyasi, funksiyasi va ular bilan bo g’liq bo’lgan har qanday o’zgarishlarning turli variantlari bilan shu g’ullanadi. Molekulyar biologiya aksari 3 o’lchovli fan va u har qandayob’ektni 1 satxda emas, balki, fazoda tadqiq qiladi. Markaziy o’ringa esa strukturani qo’yadi. Molekulyar biologik tadqiqotlarning asosiy mazmuni biomolekulalarning va boshqa komponentlarning tuzilishi bilan bajaradigan ishi orasidagi bog’lanishni aniqlashdir. 3. Molekulyar biologiyaning mustaqil fan sifatida yuzaga kelishi 1940-1950 yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda DNK kislotasining mohiyati genetik informatsiyalarning 1 avloddan 2 chisiga kimyoviy o’zgarishlar yetarli darajada fanga ma’lum edi. SHvetsiya bioximigi F.Mishe r (1868-72) yillarda fosfor saqlovchi moddalarni aniqladi va uni nuklein deb atadi.1889 yilda R. Altman o’z tadqiqotlarida oqsillardan erkin holda bo’lgan nuklein kislotalarning 1 chi bo’lib fanga kiritdi. Bir qator bioximik olimlar tomonidan 2 xildagi nukleinkislotalarning mavjudligi ulardan 1 tasi o’z tarkibida adinin va guanin, sitazin va timin deb ataluvchi fosfot kislotasini saqlasa; 2 chisida esa timin o’rnida uratsil fosfot kislotasi o’rnida 2 valentlik qoldiqning mavjudligi va pentozaning uchrashi aniqlandi. 1930 yillarga kelib har qanday hujayrada DNK va RNKning mavjudligini ko’rsatadi. Sitoximiya va gistoximiya uslublarining taraqqiyoti 1940 yillar oxiriga kelib DNK ning asosan yadroda RNK ning esa xujayra yitoplazmasida to’planishi aniqlanadi. 1950 yillarda nuklein kislotalarning ximiyaviy tuzilishi xujayradagi ishlar tugallandi. Bu davrda DNK ning genetik informatsiyani tashish to’g’risidagi tushuncha fanda o’zining asosiy o’rnini egalladi. Molekulyar biologiyaning fan sifatida dunyoga kelishi 1953 yilda Angliyaning Kembrij universitetining yosh olimlari amerikalik genetik Jeyms Uotson va ingliz olim F. Krik tomonidan nuklein kislotalarning 1turi hisoblangan DNK ning qo’sh spiraldan tashkil topganligi, bu kashfiyotning yuzaga kelishi olimlar oldida ko’asrlar davomida echilmas jumboq bo’lib kelgan. Irsiy belgilar qanday saqlanadi va ular avloddan avlodga qanday o’tadi degan savolni hal qilish imkonini berdi. Bu kashfiyot shu bilan birga jonli tabiatning kelib chiqishi va uning evolyusiyasining hayotning mohiyati va qonuniyatlarini tadbiq etishning yangi yo’llari eksprement turlari, ta’rif etish tillari dunyoga keldi. Organizmlar hayotining fundamental finomeni bo’lgan irsiyat va o’zgaruvchanlikning qisqa davr ichida hayotda qoldiradigan darajada sodda ammo chuqur hal etilishi ma’lum darajada DNK molekulasining irsiy belgilarini ifodalaydigan axborot maxsus ximiyaviy tilda kod belgilarini ifodalaydigan axborot maxsus ximiyaviy tilda kod belgilar bilan shifrlangan shu shifr asosida xujayrada minglab spitsifik oqsil molekulalari sintezlanadi. Har bir oqsil molekulasini ta’minlaydigan shifr gen deb ataladi. Genlar DNK molekulasida qator bo‘lib uzunasiga joylashgan. Xujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalarining miqdori DNK dagi genning o’qilishiga va rializatsiya qilishiga bog’liq. O’z navbatida doimo sintez qilinib turadigan har bir xujayra uchun o’ziga xos oqsillar uning shaklini va funksiyasini belgilaydi. 4.Xujayra organiodlari to‘g’risida fikr yuritilganda ular quyidagilardir: -Xujayra membranasi, yadrosi, metoxondriya, xujayraning nafas olishi va energiya shaklini o’zgartirish yuz bersa, endoplazmatik ritikulumda sintetik jarayonlar amalga oshadi.Xujayra tarkibidagi bu komponentlar o’zining funksiyasi va tuzilishi bilan far qlanadi va xilma-xil fiziologik fazifalarni o’taydi. Plazmatik membrana – lipid va oqsillardan iborat. Plazmatik membrana xujayrani tashqi muhitdan ajratib, sitoplazmadagi turli moddalar orasidagi suyuqlikda erigan moddalar bilan aralashib ketmasligini, ularning xar ikki tomonida konsentratsiya far qini ta’minlab turadi.Membrana molekulalari va hatto ionlarni ham tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Membrananing ichki va tash qi qavatlarida joylashgan fermentlar, kanalchalar, biologik aktiv moddalar bilan tanlab reaksiyaga kiradigan retseptor deb ataluvchi maxsus molekulyar tuzilmalar xujayraning hamma funksiyalari tashqi muhit bilan uyg’unlikda o’tishini ta’minlaydi. Membrananing ximiyaviy tarkibi va arxitektonikasi, ya’ni tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi uning tipi va funksiyasiga bog’liq.Membrananing qalinligi 75-95Å ga teng. Yadro-xujayra hayotini idora qilib turadigan asosiy organella, u xujayra ichidagi eng yirik organella, tipik hayvon xujayrasi yadrosining diametri 5mkm, hajmi 65mkm ga teng. YAdroning ichki bo’shlig’i nukleo plazma deb ataladi, uning tanasida juda ham tig’iz RNK molekulalariga boy yadrocha joylashgan.Nukleoplazmada yadroga qaraganda elektron oqimida unga zich bo’lmagan ya’ni boshqa zona mavjud.Bu zona xromatin deb ataladi.Mana shu zonada xujayra DNK sintezining 95% ishqoriy tabiatga ega oqsil giston bilan bog’langan bo’ladi. Xujayraning bo’linish jarayonida yadroda qatorhodisalar yuz beradiki, ularning markazida xromatin organlardan hosil bo’lgan xromosomalar rangli tanachalar bo’ladi. Mitoxondriyalar – ximiyaviy molekulalarda saqlanadigan potensial energiya turini o’zgartirib xujayra e htiyoji uchun foydalanish qulaybo’lgan shaklga keltiradi.SHuning uchun ham ular energiya transformatorlari, xujayra elektrostansiyasi deb yuritiladi.Mitoxondriyalar 0,2-5-7 mkm kattalikda, ularning soni, shakli va tuzilishi ancha o’zgarib tursa ham hamma xujayralardagi mitoxondriyalar elektron mikroskopda 2 qavat membrana bilan o’ralgan ichki bo’shliq matriksga ega tuzilma xolida ko’rinadi, ular faqatgina bakteriya xujayralarida bo’lmaydi. Mitoxondriyalarda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari metabolitlar to’la oksidlanib, suv va karbonat angidridga aylanadi. Bu jarayonda ajraladigan energiyadan xujayraning e htiyojlari uchun foydalanadigan adenozin trifosfat (ATF) ning energiyaga boy fosfat bog’lari tuziladi. Ribosomalar, polisomalar sitoplazma ichidagi mayda, yumaloqtuzilmadir. Ular yo erkin holda yoki endoplazmatik to’rga tizilgan g’adir-budir retikulum xolida bo’ladi. Ribosomalar ikkita kichikroqbo’lakchalardan tashkil topgan. Uning xar ikkala kichik birligiga hamuch xil RNK va bir necha o’nlab turli xil oqsil molekulalari bir nusxada kiradi. Download 491 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling