O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
__________guruh talabasi
____________________________________________________ning
«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN
I SH D A F T A R I
GULISTON-2018
Bazarova R.SH. Virusologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarish uchun yclybiy qo‘llanma (ish daftari). –Guliston, 2018. – 48 bet.
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Mikrobiologiya va virusologiya fani 5140100-Biologiya, yo‘nalishlari uchun tasdiqlagan namunaviy o‘quv dasturiga asosan tayyorlandi.
Metodik qo‘llanma GulDU O‘MKning 28.08.2017 sanadagi № 1 yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va chop etishga ruxsat berilgan.
Metodik qo‘llanma 5140100-Biologiya yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchi: Bazarova R.SH.
Muharrir: Botirova L.A.
Taqrizchi: biol.f.d., H.Q.Qo’shiyev
SO‘ZBOSHI
Virusologiya fanini nazariy asoslarini o‘zlashtirishda tajriba hamda laboratoriyalar topshiriqlarini talabalar mustaqil amalga oshirishi katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ammo, hamma talaba ham mashg‘ulotlarini mustaqil bajarish uchun etarli malaka va ko‘nikmalarga ega emas. SHuni nazarda tutib ularga yordam tariqasida ushbu ishchi daftari tuzildi.
Ish daftarida namunaviy va ishchi dasturlarida berilgan laboratoriya mashg‘ulotlari davomida bajarilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar kiritildi.
Ish daftari har bir talaba birinchi laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishdan oldin tarqatilib, reyting nazorat rejasiga asosan belgilangan haftalarda tekshirilib, talaba bilimlarini aniqlab boriladi hamda nazorat ballari qo‘yib boriladi. Daftarni to‘g‘ri to‘ldirgan va muloqot paytida mavzuni qoniqarli, yaxshi va a’lo o‘zlashtirganligi isbotlangan talabalarga yakuniy baholash nazorat turiga kirishga ruxsat beriladi. Foydalanilgan ish daftari har bir talabaning o‘zida qoldiriladi.
© Universitet
Do'stlaringiz bilan baham: |