1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


Gepatit viruslari va ularning laboratoriya diagnostikasi


Download 1.34 Mb.
bet7/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

Gepatit viruslari va ularning laboratoriya diagnostikasi.
Ishning borishi.
1. Gepatit virusli kasalliklar diognostika sxemasini o‘rganish.
2. Diognostikaning tezkor (ekspress) usullari.
3. Viruslar keltirib chiqaruvchi gepatit kasalliklarining serologik diognostikasi.
6. Viruslar keltirib chiqaruvchi gepatit kasalliklarida qo‘llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.
Namoish qilish
1. Gepatit kasaliklarida qo‘llaniladigan diognostik ekspress testlar.
2. Gepatit kasaliklarida qo‘llaniladigan immunferment naborlar va qo‘yish usullari.
3. Gepatit viruslari strukturasi va reproduksiyasina na’moyon qilovchi rangli rasm va albomlar.
4. Gepatit infeksiyalarda qo‘llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Gepatit V bilan og‘rigan bemor qon zardobidagi HBs-Ag , unga qarshi antitelalar shimdirilgan eritrotsitar diognostikum bilan BGAR qo‘yish va natijalash.
2. Gepatit viruslarining serodiognostika natijalari bo‘yicha xulosa qilish.
Gepatotrop viruslar
Virusli yuqumli gepatitlar - polietiologik antroponoz jigarni virusli shikaslanishi bilan boruvchi va turli yo‘llar bilan yuquvchi infeksion kasalliklar xisoblanadi. Gepatit kasalliklarida viruslar asosan jigar to‘qimalarini diffuzli yallig‘lanishini keltirib chiqaradi va buning natijasida organizimda astenovegitaviv kamchiliklar va umumiy zaxarlanish alomatlari ro‘y berib kasallikning klinik sindromlarini keltirib chiqaradi. Gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslar tarkibiga RNK- va DNK –bo‘lgan turli oila virus vakillari kiradi. Ular organizimga turli yo‘llar bilan kirishlari mumkin, lekin hammasi jigar hujayralarini spetsifik jarohatlashi va gepatit keltirib chiqarishlari sababli ularni gepatit viruslari guruhlariga kiritilgan. Hozirgi kunda 8 ta tip viruslar gepatit kasalligini odamlarda keltirib chiqaradi. Bular lotin alfavitini bosh hariflari bilan (A,B,C,D,E,F,G, TTV) nomlanadi. Gepatit F virusini borligini ko‘pchilik mualiflar inkor qilishadi, TTV (ing. Transfusion transmitted virus- transfuziya yo‘li bilan yuqovchi virus) 1997 yilda kashf qilingan va to‘liq xarakteristika hozirgi kungacha berilmagan.
Ishtimoiy xususiyati va ekonomik jihatdan keltirayotgan ziyoni bo‘yicha virusli gepatit kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimida eng dolzarb kasalliklar guruhiga kiritilgan. Er yuzida har yili gepatit A bilan 1 mln kishi kasallanadi, gepatit V virusini tashib yuruvchilar esa 1 mlrd dan oshib ketgan. Hozirgi kunda gepatit viruslarining 5 ta tipi yaxshi o‘rganilgan. Epidemiologik jihatdan o‘ziga xos xusisiyatlari xisobga olinib gepatit viruslari 2 ta guruhga bo‘lingan:
a) parentral yo‘l bilan yuquvchi (B,C,D,F,G, TTV) gepatit viruslari. Viruslar asosan transfuzion (qon quyish), ineksiya, perinatal va jinsiy yo‘l bilan yuqishi kuzatiladi. Nisbatan har qanday holatda virus bilan zararlangan qon bilan kontaktda bo‘lish kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. YUqorida keltirilgan viruslar keltirib chiqargan gepatit jarayonlari, kasalliklarni surinkali formada kechishi va virus tashib yuruvchilarni shakillanishi bilan xarakterlanadi;
b) enteral (najas-og‘iz orqali) yo‘l bilan yuquvchi (A, E va F) gepatit viruslari. Qo‘zg‘atuvchilar odamlarga oziq-ovqatlar, suv va kantakt yo‘li bilan yuqadi. Bu kasaliklarga xarakterli xususiyat ularni (kuz, qish) mavsumiy ko‘p uchrashi va asosan bolalar, o‘spirinlarni kasallanishidir. YUqorida keltirilgan gepatit viruslari keltirib chiqargan bu kasalliklar doimo o‘tkir formada o‘tishi va surinkali formaga o‘tmasligi bilan ajralib turadi.
Jadval 2.
Gepatit viruslarining qiyosiy xarakteristikasi



Xususiyatlari


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling