Gemagglyutinatsiya reaksiyasi. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki tovuq embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni indikatsiya qilish uchun ko‘llaniladi.
Gemagglyutinatsiya reaksiyasida virus superkapsidi tarkibida gemagglyutinin fermenti bo‘lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’niy virus ko‘paygan hujayra kulturasiga tovuq, g‘oz, dengiz cho‘chqachalari eritrotsitlari qo‘shilsa, viruslar eritrotsitlarni bir-biriga yopishtirib (rasm 35) qo‘yadi. Bu usulda viruslarning suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga qarab aniqlash mumkin. Virusologik amaliyotda viruslarning indikatsiya qilishda keng qo‘llaniladi.
Rangli reaksiya. Hujayra kulturalarida viruslarni ko‘payishini rangli reaksiya orqali ham indikatsiya qilish mumkin. Buning aniqlash, normal ko‘payuuvchi hujayra kulturasi uchun qo‘llanilgan oziqli muhitdagi indikatordan foydalaniladi. Agar hujayrada virus ko‘paymasa tirik hujayra kulturalarda normal metobalitik jarayon kuzatiladi va bu jarayon natijasida nordon maxsulotlari yg‘ilib qoladi, indikator rangi o‘zgaradi. Hujayra kulturasida virus ko‘paysa, hujayraning metobalizimi buziladi (nobud bo‘lishiga olib keladi) indikator rangi o‘zgarmaydi.
Interferensiya fenomeni. Bu usul asosan hujayra kulturalarida ko‘payib, lekin aniqlab bo‘lmaydigan HPT xususiyatga ega bo‘lgan viruslarni indikatsiya qilishda qo‘llaniladi. Hujayra kulturasiga virus saqlovchi material yuqtiriladi keyin esa indikator virus (vezikulyar stomatit virusi VSV) yuqtiriladi. Agar tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan virus bo‘lsa indikator virusni HPT kuzatilmaydi (hujayra izlanilayotgan virus tomonidan egallangan) . YOrug‘lik mikroskopida vizual ko‘rish mumkin. Tekshirilayotgan materialda virus bo‘lmasa VSV hujayraga patologik ta’sir ko‘rsatadi.
5-mavzu: Viruslarning tarqalish darajasi va keltirib chiqaradigan zararini aniqlash
Dala sharoitida, issiqxonalarda virus bilan kasallangan o‘simliklarni, ba’zan virus virulentligini, o‘simlik navining virusga chidamliligini aniqlashda sun’iy kasallantirilgan o‘simliklarning kasallanish darajasi - "R" ni aniqlash zarur bo‘ladi. Kasallanish darajasini kuyidagi formula bilan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |