Pilakchalar- «negativ» koloniyalar
Viruslar identifikatsiyasi va antitelolarni titrlash. Pilakcha usuli diagnostik maxsus zardoblar yordamida viruslarni aniq identifikatsiyasini o‘tkazishga imkon yaratadi. Zardob bilan viruslar mos kelsa virus neytralizatsiyasi yuz beradi va bir qavatli hujayraga bunday aralashma yuqtirilganda pilakcha hosil bo‘lmaydi yoki ularning soni kamayib ketadi. O‘zining sezgirligi va aniqligi bilan bu usul viruslarning bir-biridan antigenlar bilan farqlanishini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari pilakcha usuli yordamida, diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan, kasal qon zardobidagi antitelolarni topish va ularning titrini aniqlash mumkin. Zardob titri deb, 50% ga pilakchalar sonini kamaytiradigan zardobning eng katta suyultirish darajasi qabul qilingan.
Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikatsiya qilish usullaridan biri, ular kirib ko‘payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrotsitlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (34 -rasm). Gemadsorbsiya ham
g emagglyutinatsiya reaksiyasiga o‘xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega bo‘lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning –gemagglyutininlarning joylashganiga bog‘liq bo‘lib, eritrotsitlarda bu oqsillarga komplementar retseptorlar bo‘ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo‘yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira eritrotsitlar (ko‘proq tovuq, dengiz cho‘chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrotsitlari ishlatiladi) suspenziyasi qo‘shiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng hujayralar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo‘lgan hujayralar yuzasida eritrotsitlar yopishganicha qoladi. YOrug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra kulturasiga tip maxsusligini na’mayon qilovchi zardob qo‘shilib saqlansa, hujayralar gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo‘qotadi, ya’ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning identifikatsiyasida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |