1-mavzu: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari
Virusologiyadan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy tadqiqot ishlari maxsus jihozlangan laboratoriyalarda, hayvonlar bilan o‘tkaziladigan tajribalar vivariylarda, o‘simliklar bilan olib boriladigan tajribalar issiqxonalarda, hayvonlar, odam, o‘simlik to‘qimalari, hujayra kulturalari (ekmalari) va bakteriofaglari bilan o‘tkaziladigan tajribalar bakteriotsid lampalar bilan o‘tkaziladigan tajribalar bakteriotsid lampalar bilan sterillingan bokslar yoki ayrim xonalarda olib boriladi. Boks oldida xonada boksga kirishda qo‘yiladigan maxsus kiyimlar saqlanadi. Boksda eng zarur asbob-uskunalargina saqlanadi: stol, stullar, instrumentlar uchun shisha shkaf, gaz gorelkasi, gugurt, katta-kichik qaychilar, skalpellar, pinsetlar, ignalar, sterilizator, ishlatilgan pipetkalar saqlanadigan 2% li fenolli yoki xloraminli idish, dezaktavatsiya qilish uchun ishlatiladigan fenol yoki xloraminli idish, ishlatilgan materiallarni soladigan idish, 70% li yodni spirtli eritmasi, probirkalar uchun shtativli, sterillangan oddiy vakum qalamlar, leykoplastir, steril paxta va hokazolar. Bundan tashqari boksdagi har bir vazifani bajarish uchun ishlatiladigan materiallar va eritmalar olib kirilib, ish tamom bo‘lgandan so‘ng olib chiqib ketiladi.
Yana bir ayrim xonada viruslarni toza preparatlarini olishda ishlatiladigan har xil aylanish tezligida ishlaydigan sovutgichli sentrifugalar bo‘ladi (minutiga 6-12 mingdan 30-60 ming marta ayl.tez.).
Virusologiya laboratoriyasi yana elektron mikroskop, spektrofotometr elektroforez, xromotografiya asboblari (fraksiyalarni avtomatik yig‘uvchi kollektorlar), distillangan suv olish asbobi, gomogenizator, texnik va analitik tarozilar, quritish shkaflari, sovutgich, termostat, pH-metr, diffuziya nasosi, liofil quritgich va xokazolarga ega bo‘lishi lozim.
Virusologiya laboratoriyasining tuzilishining tashkil etish prinsiplari va unda ishlash sharoitlari, ish joylari taqsimoti, yuvish va dezinfeksiyalash xonasi, asosiy asbob-uskunalari, reaktiv va oziqa muhitlar, shishadan yasalgan idish va asbob-uskunalar, sterillash antizardob olish va tayyorlash, viruslarni saqlash, virusologiya laboratoriyasida dezinfeksiya va sterilizatsiya shartlari, ayniqsa meditsina va veterinariya virusologiyalari sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar bilan Гюнтер Штаркеning“Практическая вирусология» (1968) o‘quv qo‘llanmasi asosida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |