1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari
-mavzu: Fitopatogen viruslarning o‘simliklarda keltirib chiqaradigan kasallik alomatlarini o‘rganish
Download 1.34 Mb.
|
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. G‘o‘za virus kasalliklari
2-mavzu: Fitopatogen viruslarning o‘simliklarda keltirib chiqaradigan kasallik alomatlarini o‘rganish
Kerakli materiallar: Pomidor, tamaki, bodring, g‘o‘za, raps va boshqa o‘simliklarning mozaika simptomli barglari (rasm yoki gerbariy materiallari), jo‘xori, g‘umoy, arpaning chiziqli mozaika barglari, karam, sholg‘om, redis va turpning mozaikali barglari. Daladan yoki issiqxonadan yangi terib kelingan o‘simliklardan gerbariylar taiyorlanadi va ularni sistematik o‘rinlari aniqlanadi, har bir gerbariy materiali ostida yozib qo‘yiladi. Mashg‘ulot laboratoriya va dala sharoitida (bahor, yoz va kuz fasllarida), issiqxonalarda o‘tkaziladi. Kasallik simptomlari sog‘ o‘simlik bilan taqqoslanadi va kundalik daftarlarga yoziladi, rasm daftarlarga chiziladi hamda ulardan gerbariylar tayyorlanadi. Kuzatuv olib borilganda asosiy e’tibor o‘simlikning tashqi ko‘rinishiga, barglariga, bo‘g‘im oraliqlariga, barg tomirlariga, rangiga, umumiy rivojiga e’tibor beriladi. Virus kasalliklari o‘simlikning o‘sish nuqtasida yaqqol ko‘ringani uchun avvalo o‘simlikning o‘sish nuqtasi kuzatiladi. Simptomlarning asosiylari kuyidagicha bo‘ladi: mozaika guruhiga mansub simptomlar. ipsimonlanish, burishish (ajinlashish), jingalaklanish, qirqqulokka o‘xshashlik bargidagi chiziqli mozaika barg, tomir poya va meva nekrozlari, o‘simlikni yoki bargini shoxlanishi, rangini yo‘qotishi, sarg‘ayishi, shaklini o‘zgartirishi, o‘sishdan qolishi, gullarning badburishlanishi, gul qismlari rivojlanmasligi gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o‘rniga shohlab ketishi. reduksiyalangan barg paydo bo‘lishi, to‘p gul markazida hakiqiy barg hosil bo‘lishi va h. Quyida O‘zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari va ularning simptomlari va ba’zi boshqa hususiyatlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1. G‘o‘za virus kasalliklari g‘o‘zaning ingichka va o‘rta tolali navlarida tarkalgandir. Ular dunyo bo‘yicha 18 dan ortiq bo‘lib,ulardan eng asosiylari: "g‘o‘zaning jingalak barglilik" (kurchavot listev) kasalligida g‘o‘za bargining asosiy tomirining rivojlanmay qolishi sababli barglar jingalaklashadi va ba’zan mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal o‘simliklarda ancha kamrok, barglarda hol-xol dog‘lar paydo bo‘ladi, barg qavariq shaklga kiradi. Ba’zan bargda oqish, to‘k-yashil mozaika kuzatiladi, barg plastinkasi dag‘allashadi, bo‘g‘inlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. "O‘simlik o‘sish nuqtalarini dastalashishi" (puchkovidnaya verxushka) virus kasalligida o‘simlikning o‘sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari yo‘g‘onlashadi, o‘simlikning uchida shohlar dastalashadi. G‘o‘zada yana "tomirlararo sarik mozaika", "hol-xol (chipor) barglilik" (krapchatost), "psilloz" (barg va poyaiing jigarrang tusga kirishi), "barglarning maydalashishi" (izmelchennost listev), "antotsianoz", "tomirlararo mozaika" "bo‘g‘inlar orasining kisqarishi" (ukorochenie mejdouzliy) kabi kasalliklar mavjud. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling