1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


O‘tkir resperator virusli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari


Download 1.34 Mb.
bet6/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

O‘tkir resperator virusli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari
Resperator –yuqori nafas yo‘lining virusli yuqumli kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari tarkibida RNK- va DNK –bo‘lgan turli viruslar oilasi kiradi (1-jadval).
1-jadval .
Virusli o‘tkir resperator yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari

Viruslar nomi

Qo‘zg‘atadigan kasalliklari

DNK- viruslar

Adenoviruslar oilasi (Adenoviridae)

Rinit, larengit, traxeobranxitlar, O‘RK, zotiljam, o‘rta quloqning yallig‘lanishi, o‘tkir kon’yuktivit

Herpesviridae oilasi
I-tip uchuq virusi
II-tip uchuq virusi

Suv chechak va o‘rab oluvchi temiratki virusi



YOsh bolalarda o‘tkir gingivostamatit, gerpetik ekzema kerotokon’yuktivit, gerpetik isitma
CHaqaloqlar uchug‘i (qon orqali tarqalgan va jinsiy organlar uchuq)
Bolalarda suv chechak, katalarda o‘rab oluvchi temiratki

RNK-viruslar

Orthomyxoviridae oilasi
Gripp A viruslari

Gripp B va C viruslari



Gripp (epidemiya, pandimiyalar, sporadik xollari)


Gripp (sporadik xollari, epidemiyalar)



Paramyxoviridae oilasi
Paragripp viruslari, Nyukastl, respirator sinsital virus (RSV)
Tepki virusi
Qizomiq virusi

O‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK)


Tepki
Qizomiq

Coronaviridae –oilasi
Korona viruslar

O‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK)



Picornaviridae oilasi
Rinoviruslar
A10, A21, A24, A2, A4, A5 Koksaki viruslari va boshqalar
ESNO20 virusi va boshqalar

Rinitlar,bronxitlar, o‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK)


Gerpangin va O‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK)



Reoviridae oilasi
Rioviruslar

O‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK), zotilja, bronxitlar





Ular organizimga faqat yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavvati orqali kirish xususiyatlari va laboratoriya diognostika prinsiplarining umumiyligi tufayli bir gruppaga kiritilgan.
1-jadvalda keltirilgan viruslar asosan yuqori nafas yo‘llarini shikastlaydi. Biroq, ulardan ayrimlari kishi organizimining boshqa to‘qima va organlarini ham shikastlashi mumkin. Qator viruslar masalan tepki faqat so‘lak bezlarini, o‘g‘il bolalarda moyak to‘qimalarini va boshqa organlarni, qizilcha virusi esa limfa tugunlari sistemasini, homilador ayollarda homilani, gerpes viruslar teri va jinsiy organlarni ham shikastlaydi.
YUqori nafas yo‘llarining (resperator) virusli, virus + bakteriya , virus + mikoplama bilan birgalikda aralash infeksiyalar juda xarakterliki, bularni laboratoriya diognostikasida bu xususiyatni xisobga olish zarur. SHuning uchun burin-halqumdan olingan surtma va chayindilar, o‘pka shikaslanganda esa bolg‘am va bronxlar chayindisi tekshiriluvchi material bo‘lib hisoblanadi.
Uchuq va suvchechak kasalligida viruslar og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati, teri va jinsiy organlardagi toshmalarda bo‘ladi. Virusemiya, yuqorida yozilgan viruslar qo‘zg‘atgan yuqumli kasalliklarning eng og‘ir formalarida, shuningdek qizomiq, tepki, qizilcha, suvchechak kabi bolalar yuqumli kasalliklarida kuzatiladi.
O‘tkir resperator kasalliklar (O‘RK) laboratoriya diognostikasi tezkor (ekspress) usullar, chunonchi: immunolflyuoressensiya va rinotsitoskapiya (DNK-gibridizatsiya, PZR ham qo‘llanilmoqda) nihoyatda keng qo‘llaniladi va 2-3 soat davomida taxmitniy diognoz qo‘yish imkonini beradi. Gripp v O‘RK larda serorlogik diognostika retrospektiv xarakterga ega bo‘ladi, chunki antitelalar rekonvalissent davrida (kasallik tuzalgandan kiyin 2-3 haqta kiyin) ko‘payyadi. Serodiognostika uchun GART, KBR, IFA, immunobloting va virusli neytrallash reaksiyalaridan foydalaniladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling