1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari
Download 1.34 Mb.
|
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- G epatit C virusi.
Gepatit D (delta) virusi. Delta virus bir ipli halqasimon RNK saqlovchi virus bo‘lib Togaviridae oilasiga va Deltavirus avlodiga kiradi. Uni faqat gepatit B bilan kasallangan bemorlardan ajratib olinadi. Delta virusni ko‘payishi uchun albatta gepatit B virusi bo‘lishi shart, agar gepatit B virusi (xamkor) bo‘lmasa bu virus ko‘paya olmaydi. Virion sferik shakilda 35-37 nm. Virusning superkapsidida oz miqdorda gepatit B virusining HBs-Ag uchraydi. Kasallik manbasi odamlar, virus parentral yo‘l bilan yuqadi, ko‘proq qon quyish orqali.
G epatit C virusi. Virus hozirgi kunda Flaviviridae oilasiga kiritilgan. Tashqi tamondan ko‘rinishi kichik sferik shakildagi (35-50 nm) virus, tashqi qobig‘i superkapsidi movjud . Virus genomi bir ipli fragmentlanmagan (+) ipli RNK. Tarkibida 8 tadan kam bo‘lmagan genlar tutadi. 3 ta geni struktura oqsllarini sentizida qatnashadi, qolgan genlar strukturaga ta’luqli bo‘lmagan oqsillarni sintezlaydi. Virus genomi o‘ta variabel, o‘zgaruvchan. Virusning 6 ta serovarlari uchraydi, har bir serovarlari ma’lum mamlakatlarda registratsiya qilinadi. Masalan S1tipi AQSH da uchrasa, S3 tipi YAponiyada aniqlanadi. Gepatip S virusi tarkibida struktura oqsllari uchraydi, bulardan tashqiy qobiq oqsili- E1, 2 (E2) 3 (E3) virus hayot faoliyatida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Ulardan E1 i E2 oqsillar birikib tashqiy oqsil kompleksini hosil qiladi va virusni sezgir hujayra bilan birikishi va unga kirishini ta’minlaydi. Virus genomining eng ajoyib hususiyatlaridan biri uning tarkibida tez va ko‘plab mutatsiyaga uchrovchi bo‘lakchasini borligidir. Bular doimo virus genomida mutatsiyalar kelib chiqishiga olib keladi. Bu mutatsiyalar natijasida gen komponentlarini almashinuvi kuzatiladi va virus qobig‘i oqsillarining doimo o‘zgarib turishini ta’minlaydi. Ya’niy, tashqiy qobiq antigeni xisoblangan E1 i E2 antigenlar o‘zgaradi , yangi virus variantlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Bemor organizimida virus antigenlariga qarshi AT hosil bo‘ladi, lekin virus o‘zining tashqiy antigen determinantlarini doimo o‘zgartirib turganligi sababli, hosil bo‘lgan AT lar viruslarni neytralizatsiya qila olmaydi. Virus organizmning immun nazoratidan chetda qoladi. Ko‘plab virusni yangi antigen variantlari hosil bo‘lishi natijasida immun sistema xujayralari yuqori tezlikda ishlaydi va tezda faoliyatlari suslashib qoladi, bu esa kasallikning surinkali uzoq davom (15-20 yil) etishiga va pirovardi oqibatda jigar sirrozi yoki o‘smasiga olib keladi. Kasallik 60-80% surinkali formaga o‘tishi mumkin. Virus ko‘pchilik hollarda makrofaglarda ham topilishi mumkin. Virus yuqqandan chamasi 3 oylardan kiyin qonda spetsifik AT topiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling