3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz. Leptospiroz


Download 35.05 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi35.05 Kb.
#1211135
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maruza3


3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz.
Leptospiroz. Asosan, o’tkir kechadigan yuqumli kasallik bo’lib, qator hayvonlar turi va odamlar kasallanadi. Kasallik anemiya, sarg’ayish, gemoglobinuriya, bola tashlash, gemorragik diatez, teri va shilliq pardalar nekrozi, ichak, oshqozonda atoniya holatlari yuz berishi bilan namoyon bo’ladi.
Tarixiy ma’lumot. S.N. Nikolskiy, F. M. Desyatov, G. F. Marchenkolar 1934—1935 yillarda sobiq ittifoqda birinchi marta qorahayvonlar, yilqi va cho’chqalarda ikterogemoglobinuriya kasalligining keng tarqalganligi to’g’risida ma’lumot beradilar. V.I.Terskix 1938-1939 yillarda qorahayvonlarda ikterogemoglobinuriya kasalligining leptospiroz ekanligini serologik usulda tasdiqlab uning qo’zg’atuvchisini toza holda ajratib oldi. Shu yilning o’zidayoq M. Zemskov, S. Ya Lyubashenko, V. E. Romanenko va boshqalar ham kasallikka chalingan hayvonlardan leptospirani toza holda ajratib oladilar. 1940 yilga kelib S. Ya. Lyubashenko tulki va echkilardan leptospiralarni ajratib olishga erishadi. Yilqilar leptospirozi ham 1946 yilda S. Ya. Lyubashenko tomonidan batafsil bayon etilgan. O’zbekistonda leptospiroz kasalligi N. Xudoyberdiyev, N. Shutyayev, E. Yaparovlar, Rossiyada esa R. F. Sosov va Yu. A. Malaxovlar tomonidan chuqur o’rganilgan. Dog’istonda M. Ahmedov, Turkmanistonda esa S. Adinovlar leptospiroz kasalligi to’g’risida chuqur fikr va mulohazalar bayon etishgan. Kasallikning o’lka epizootologiyasi bilan shug’ullanishgan.
Iqtisodiy zarar. Leptospirozdan juda katta zarar ko’riladi. Kasallikka chalingan hayvonlar orasida o’lim juda katta bo’lib, ko’p bo’g’oz hayvonlar bola tashlaydi. Tug’ilganlari ham o’lik bo’ladi yoki yashashga chidamsiz bo’lib, 2-3 kun ichida o’lib qoladi. Bu holat ayniqsa cho’chqalarda tez-tez uchraydi. Mahsulot berish o’ta pasayib ketadi. Diagnostik tekshirish, emlash, davolash, karantin chora-tadbirlari juda katta mablag’ sarflashni talab etadi.
Qo’zg’atuvchilari. Kasallikni leptospira, ya’ni L. romona, L. Grippotyphosa, L.,Tarassovi, L. Hebdomadis, L.batavia, L.Canicola qo’zg’atadi.
Hozirgi kunga qadar hayvonot olami va odamlardan 90 ga yaqin patogen leptospiralar ajratib olingan bo’lib, ular 13-serologik guruhga mansubdir. Leptospiralar morfologik jihatdan bir-biridan unchalik farq qilmasdan, yarim aylanma, spiral holatda, S, X, 8 shakllarida uchraydi. Bu guruhga har xil harakat qilish xos bo’lib, ayrimlari filtrlanuvchi xususiyatga ham egadir. Leptospiralar termostatda 28-30° C da 5-20 kun ichida o’stirilib, bunda asosan Lyubashenko, Terskix, Fervort-Volfa, VGNKI, Kortgof, Fletcher muhitlaridan foydalaniladi.
Chidamliligi. Bizning sharoitimizda tik tushgan quyosh nuri ta’sirida bir soat mobaynida o’ladi, 56° C qizdirilganda 30 miiut ichida, 20° C da 4 soat mobaynida halok bo’ladi. Ko’lmak suvlar qish paytlarida muzlaganda ham leptospiralar yashay oladi.
Deziifeksiya uchun 2% li xlorli ohak eritmasi, 2% li ishqoriy eritmalar, 3%li sulfat-karbol aralashmasi, 5%li dezinfeksion fenol eritmasi, 2%li formaldegidlar tavsiya etiladi. Dezinfeksiya har gal kasal hayvonlar ajratilgandan keyin o’tkaziladi.

Download 35.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling