3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz. Leptospiroz
Download 35.05 Kb.
|
maruza3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atipik kechish.
- Tulkilar leptospirozi.
- Itlar leptospirozi.
- Patologoanatomik o’zgarishlar.
Surunkali kechishi. Isitma davriy ravishda qaytarilib, 4-5 kun davom etadi. 3-4 marta takrorlanib, kasallik 4-5 oyga cho’ziladi. Kam hollarda sargayish va gemoglobipuriya bo’ladi. Ishtaha yo’qoladi, kuchli atoniya na qabziyat kuzatiladi. Ayrim hollarda ishtaha saqlansada, kasal hayvon ozib ketaveradi. Sut bermay qo’yishi ham mumkin. Bola tashlaydi, yosh hayvonlar yomon o’sadi. Residiv bo’lganda gemoliz ro’y beradi va leykositoz kuzatiladi.
Kasal hayvonlar ko’pipcha xo’jalik uchun yaroqsiz bo’lib qoladi va so’yib yuboriladi. Ba’zi hayvonlar qattiq oriqlab o’ladi. Atipik kechish. Klinik belgilari o’tkir kechgandagidek bo’lib, yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Kasal hayvon hyech narsa yemay, bezovta bo’la boshlaydi. Qaytariluvchan isitma, sut kamayishi, kuchsiz gemoglobinuriya, qabziyat va ich ketishi tez rivojlanadi. Ba’zan bo’g’oz hayvonlar bola tashlaydi. Kasallanish 5—10 kun davom etib, surunkali o’tadi. O’lim kuzatilmaydi. Tulkilar leptospirozi. Birdan hyech narsa yemay, qusa boshlaydi. Tana harorati 39-40° C ga ko’tarilib, ichi ketadi. Orqa oyoqdan oqsash boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasida sarg’ayish va yaralar paydo bo’ladi va tana harorati 36-37° C ga tushadi. Kasal tulki tez-tez siyib, siydigi sarg’ish bo’ladi. Ayrim hollarda sarg’ayish umuman uchramaydi. Vaqti-vaqti bilan ichi suradi, ishtahasi yo’qolib, ozib ketadi. Kasallanish 12 soatdan 3 haftagacha davom etishi mumkin. O’lim oldidan tana muskullari qaltirab, og’iz yumilib qoladi va ko’pik bilan qoplanadi. 80—100 foiz hollarda o’lim kuzatiladi. Itlar leptospirozi. Tana harorati 40-410 C ga ko’tarilib, o’lim oldidan 36° gacha tushib ketadi. Kuchli depressiya bo’lib, qaltiroq tutadi. Bo’yin musko’llarida og’riq seziladi. Sarg’ayish kuchli namoyon bo’lib, qon aralash ich ketishi kuzatiladi. Kuchli stomatit rivojlanadi. Kasallik 10 kuncha davom etadi. 50 foiz hollarda o’lim ro’y beradi. Patologoanatomik o’zgarishlar. O’lgan hayvonning terisida nekroz uchraydi. Shilliq pardalar sariq; og’iz bo’shligida yaralar paydo bo’ladi. Ko’p hollarda sarg’ayish, seroz infiltrasiya kuzatiladi. Teri ostida, shilliq pardalar va qon quyilishi ro’y beradi. Buyrak kattalashib, siypab ko’rilganda qo’lga g’adir-budir unnaydi va nefritga xos o’zgarishlar yuz beradi. Qovuqda qon quyilish ro’y berib, limfatik tugunlar kattalashgan bo’ladi. Jigarda degenerativ o’zgarishlar sodir bo’lib, leptospiralar to’qimalar orasiga joylashib oladi. Diagnoz. Aniq belgilar bilan o’tkir kechganda diagnoz qo’yish qiyin emas, yakunlovchi diagnoz qo’yish uchun laboratoriya usullaridan foydalaniladi. Bunda qon zardobi tipik leptospira shtammalari yordamida mikroagglyutinasiya reaksiyasi qo’yish usuli bilan aniqlanadi. Agglyutinin va lizislar kasallikniig 3—8 kunidan boshlab paydo bo’ladi va uning titri 12—17 kunda 1:1000 ga qadar ko’tariladi. Buni albatta, inobatga olish kerak. Hayvonlar tuzalgach, uzoq vaqt titr saqlanib qoladi. RMA reaksiyasi yaxshi va aniq natija beradi. Leptospira kulturasini olish uchun Lyubashenko va Terskix muhitlariga ekiladi. Patmaterial (namunalar) isitma yuqori paytida olinishi zarur. Siydik tekshirish uchun kasallikning oxirida olinishi kerak. Bakteriologik tekshirish uchun jigar va buyrakdan bo’lakcha olinadi. Leptospira tashuvchanlikni aniqlash uchun siydik mikroskopda tekshirib ko’riladi. Download 35.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling