Jigar va o’t yo’llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish. So’rab–surishtirish. Asosiy shikoyatlari, diagnostik ahamiyati. Ko’zdan kechirish, jigar perkussiyasi (Kurlov bo’yicha), palpatsiyasi. Diagnostik ahamiyati


Download 4.54 Mb.
bet1/13
Sana03.12.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1797924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jigar va o\'t yo\'llari tekshirish usullari klinik sindromlari

Jigar va o’t yo’llari kasalliklarida bemorlarni tekshirish. So’rab–surishtirish. Asosiy shikoyatlari, diagnostik ahamiyati. Ko’zdan kechirish, jigar perkussiyasi (Kurlov bo’yicha), palpatsiyasi. Diagnostik ahamiyati. Asosiy klinik sindromlar

Tayyorladi:Quvonov Azizbek

TEKSHIRISH USULLARI 1. So'rab - surishtirish

  • Shikoyatlari
  • Asosiy ya ’ni jigarga aloqador shikoyatlargaquyidagilar kiradi:
  • ❖ Qorindagi og'riqlar;
  • ❖ Jigar dispepsiyasi;
  • ❖ Terining qichishi;
  • ❖ Sariqlik (jumladan siydikningpivo rangida va najasning rangsiz bo ‘lishi);
  • Qonli qayt qilish;
  • ❖ Qorin dam bo ‘lishi

Jigarga aloqasi bo‘lmagan shikoyatlarga quyidagilar kiradi:

  • ❖ Milklarning tez-tez qonab turishi;
  • ❖ Gormonal buzilishlar natijasida yuzaga kelgan o'zgarishlar (impotensiya,
  • menstruatsiya siklining buzilishi va boshqalar);
  • ❖ Tana vaznining kamayishi;
  • ❖ Isitmalash.

Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklariga chalingan bemorlarga ko‘p sonli umumiy shikoyatlar xos bo'lib, klinik amaliyotda ular alohida sindromlar ko'rinishida keltiriladi va unga quyidagilar kiradi:
1) Astenonevrotik;
2) Nevrozga o'xshash holat;
3) Ensefalopatik;
4) Subfebril isitmalash;
5) Xolesistokardial yoki xolesistokoronar;
6) Gipotalamik;
7) Artritik.

Jigar dispepsiyasi

  • Jigar va o't yo'llari kasalliklarida paydo bo'luvchi dispcpsik shikoyatlarga quyidagilar
  • kiradi:
  • ♦ Ishtahaning pasayishi yoki yo'qligi;
  • ♦ О ‘ng qovurg ‘a osti sohasidagi to ‘lishish, shishganlik va og ‘irlik sezgisi;
  • ♦ Og ‘izda achchiq ta ’m;
  • ♦ Kekirish;
  • ♦ Ко ‘ngil aynishi, qayt qilish;
  • ♦ Qorin dam bo ‘lishi va quldirashi;
  • ♦ Qabziyat yoki ich ketish.

Teri qichishishi

  • Jigar va o't yo'llari kasalliklarining ko‘p uchrovchi belgilaridan biri tananing qichishishi
  • hisoblanadi. Uning yuzaga kelishida qondagi o‘t kislotalari miqdorining oshishi va uning
  • ajralishining buzilishi yotadi. 04-tosh kasalligida teri qichishi ko‘p hollarda sariqlik bilan
  • birga kuzatilsa ham ba’zan usiz kechishi mumkin. Ba’zi bemorlarda u tarqalmagan va qat’iy
  • ma’lum bir sohada (ko‘proq o‘ng kurak ostida) joylashadi. Ayrim hollarda teri qichishishi
  • tunga yaqin keskin kuchayadi, bemor uyqusining buzilishiga va jismoniy hamda ruhiy
  • charshashga olib keladi.

Sariqlik
Sariqlik - qondagi bilirubin miqdorining ortishi hisobiga teri hamda ko'z shilliq
qavatlarining va organizmdagi boshqa to'qimalaming sariq rangga bo'yalishi hisoblanadi.
Og‘riq xurujidan keyin rivojlangan sariqlik o‘t yo'llari kasalliklaridan dalolat beradi.
Jigar va o't yo'llari kasalliklariga shubha bo'lgan bemorlardan anamnez yig'ganda
sariqlikning xarakterini aniqlash alohida o'rin tutganligi sababli siydik va najasning ranggi
haqida so‘rab-surishtirish muhim ahamiyatga ega. Parenximatoz va xolestatik sariqlikka
siydikning pivo rangiga o'xshashi va najasning rangsizlaiiishi xos. Turli kasalliklarda
sariqlikning kelib chiqish mexanizmi «sariqliklar» bo'limida keltirilgan.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling