Olympiad uzedu uz Telegram
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Kimyo-9 yozma ish UZB Xorazm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-qism: Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi
- olympiad.uzedu.uz Telegram ( https://t.me/olimpdep ) Yozma ish (III viloyat bosqichi) Kimyo 9-Sinf
🌐 olympiad.uzedu.uz Telegram ( https://t.me/olimpdep ) Yozma ish (III viloyat bosqichi) Kimyo 9-Sinf 04.11.2023 09:30-12:30 1-qism: Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi Natriy karbonat va kaliy karbonatning 7 g aralashmasi sulfat kislota eritmasi bilan ishlandi. Bunda 9,16 g sulfatlar aralashmasi olindi. 1. Reaksiya tenglamalarini yozing. 2. Dastlabki aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblang. 3. 200 kPa bosim va 127 °C da o’lchanganda, necha litr gaz ajralgan? Gazning suvdagi eruvchanligini hisobga olmang. 2-qism: Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi 200 ml 10%-li bariy xlorid eritmasi (zichligi 1,04 g/ml) va 142 g 20%-li natriy sulfat eritmasi aralashtirilganda cho’kma hosil bo’ldi. 1. Reaksiya tenglamasini yozing. 2. Cho’kmaning massasini aniqlang. 3. Yangi eritmadagi tuzning massa ulushini (%) aniqlang. 3-qism: Har bir topshiriq 10 balldan baholanadi Quyida o’zgarishlar zanjiri berilgan: X 1 va X 2 lar gazlar, X 3 va X 4 lar qattiq moddalar. 4-bosqichda X 3 ning hosil bo’lishi betaraf Y gazning ajralib chiqishi bilan boradi. 1. X 1 , X 2 , X 3 , X 4 moddalarni va Y gazni aniqlang. 2. Reaksiya tenglamalarini yozing. 3. Shu usulda 9,6 g ammoniy nitritdan necha g X 4 modda olish mumkin? 4-qism Har bir topshiriq 10 balldan baholanadi HF ning 0,1 molyarli eritmasida dissotsiyalanish darajasi 2 % ga teng. 1. Kislotaning dissotsiyalanish konstantasini aniqlang. 2. Eritma teng hajmli suv bilan suyultirilganda dissotsiyalanish darajasi qanchagacha (%) o’zgaradi? 3. 2-punktdagi suyultirilgan eritmaning 100 millilitrida 5,8 g KF eritildi. Yangi eritma tarkibida necha mol/l vodorod ionlari bo’ladi? 5-qism: Har bir topshiriq 16 balldan baholanadi Nikel sulfat eritmasi 15 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Katodda nikel va vodorod ajralib chiqdi, bunda tokning 60% i nikelning hosil bo’lishi uchun sarflandi. 1. 1 soat davomida necha gramm nikel ajralib chiqadi? 2. Eritmani elektroliz qilishda tomoni 4 cm dan bo’lgan plastinka shaklidagi elektrod ishlatilgan va nikel plastinkaning faqat ikki tomonini qoplaydigan bo’lsa, 1-punktdagi nikel hosil qilgan qatlamning qalinligini (mm) aniqlang. Nikelning zichligi 8,6 g/cm 3 ga teng. 3. Normal sharotida o’lchanganda 1 soat davomida necha litr vodorod ajralib chiqadi? 🌐 olympiad.uzedu.uz Telegram ( https://t.me/olimpdep ) Yozma ish (III viloyat bosqichi) Kimyo 9-Sinf 04.11.2023 09:30-12:30 Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling