1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari
Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi
Download 1.34 Mb.
|
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pilakchalar (бляшек) hujayra kulturasida hosil qilishi.
- Pilakchalar usuli
- YOpqich muhit.
Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko‘pchilik viruslar hujayralarda ko‘payganda hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. CHin chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. YOrug‘lik mikroskopida ham aniqlash mumkin
Pilakchalar (бляшек) hujayra kulturasida hosil qilishi. Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli hisoblanadi. Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi.. Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma’lum shakldagi oq-oq dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir tekisda o‘sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan jonsizlangan hujayralar to‘plamidir. Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil bilan bo‘yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi. SHu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va ularning sof liniyasini ajratib olishda qo‘llaniladi. Pilakchalar usuli Virus ta’siri natijasida bir qavatli kultura hujayralarining buzilgan, parchalangan joylariga pilakchalar deyiladi. Bu viruslarning o‘ziga xos “negativ koloniya” lari bo‘lib, bitta virion tushgan joyda hosil bo‘ladi.Pilakchalar hosil qilish uchun bir qavatli xujayralarga kamroq konsentratsiyali virus yuqtiriladi va hujayraga adsorbsiyalangan viruslar agarli qavat (yopqich) bilan fiksatsiyalanadi. Bu agar tarkibiga vital bo‘yoq - neytral qizil qo‘shilgan bo‘ladi. Bunday sharoitda viruslarning SPT o‘choqli (ochagovыy) ko‘rinishda bo‘lib, o‘lgan hujayralar degeneratsiyalanadi, neytral qizil bo‘yog‘ini ushlab qolish qobiliyatini yo‘qotadi va rangsizlanadi. Natijada hujayra qavatining tiniq bo‘lmagan pushti rangli fonida tiniq, bo‘yalmagan, aylanasimon dog‘ ko‘rinishida pilakchalar hosil bo‘ladi. Birinchi bo‘lib bir qavatli hujayra kulturalarida poliomielit virusining pilakchalari aniqlangan. Bunda hujayra kulturasi Petri kosachasida 3% SO2 saqlagan steril havoli termostatda o‘stirilgan (Dyulbekko, 1962). Hozirgi vaqtda pilakchalar rezina tiqin bilan yopilgan yassi flakonlar-matratslarda, ba’zan leykoplastыr bilan germetik yopilgan Petri kosachalarida olinmoqda. YOpqich muhit. Agarli yopqichlar 1-1,5% konsentratsiyali yuqori sifatli agar va boshqa komponentlar - tuzli buferli eritmalar, qo‘shimcha oziq moddalar, antibiotiklardan tayyorlanadi. Neytral qizil bo‘yoq eritmasi muhit tarkibida bo‘ladi yoki uni flakonga yoki Petri kosachasiga tajribaning natijasi hisobga olinishidan sal avvalroq qo‘shiladi. Hujayra kulturasining va virusning turini qarab, qo‘llaniladigan yopqich muhitlarning har xil retseptlari bor. Oxirgi vaqtlarda agar o‘rniga bentionit geli (5-6%) qo‘shilgan yopqich muhitlar samarali qo‘llanilmoqda. Bu alyumosilikatning kelib chiqishi tabiiy bo‘lib, biologik inert va hujayra kulturasiga zaharli ta’siri yo‘q. Bentionitli yopqich muhit ostida pilakchalar yaxshi ko‘rinadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling