1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


Pilakcha usulida viruslarni aniqlash va titrlash


Download 1.34 Mb.
bet13/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

Pilakcha usulida viruslarni aniqlash va titrlash. Virus pilakchalarini hosil qilish uchun flakonlarga yoki kosachalarga oziq muhitdagi (№199 muhiti yoki gidrolizat albuminli muhit) hujayralar yig‘ilmasi quyiladi. Flakonlar rezina tiqin bilan yopiladi, kosachalarga leykoplastirlar yopishtiriladi va bir qavatli hujayralarni olish uchun 5-6 kunga termostatga qo‘yiladi. Bu hujayralar qavati to‘liq o‘sgan bo‘lishi va degeneratsiya belgilari bo‘lmasligi lozim. YUqtirishdan oldin flakon yoki kosachalardagi muhit olib tashlanadi va bir qavatli hujayra kulturasi ehtiyotlik bilan Xenks eritmasida yuviladi, so‘ngra bu eritma so‘rib olib tashlanadi. Suyultirilgan tekshiriluvchi material 0,1-0,25 ml hajmda hujayra qavatiga yuqtiriladi va chayqatish yo‘li bilan hujayra qavati yuzasiga bir tekisda tarqatiladi. 30-60 daqiqadan so‘ng zararlangan hujayra kulturasiga yopqich muhit quyiladi. Muhit qotgandan so‘ng flakonlar va kosachalar termostatga qo‘yiladi (hujayra qavati yuqoriga qilib) va pilakchalar hosil bo‘lguncha ushlanadi (2-5 kun), keyinchalik ular o‘rganiladi va baholanadi. Virus tutuvchi materialni suyultirish darajasi bilan hosil bo‘lgan pilakchalar soni orasida proporsional bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bundan bilish mumkinki, bitta virionning hujayrada ko‘payishi natijasida bitta pilakcha hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘plab viruslarning pilakchalar hosil qilish xususiyati aniqlandi: poliomielit, Koksaki, ESNO, ensefalit, gripp, qizamiq va boshqalar.
Pilakchalar morfologiyasi o‘rganilganda aniqlandiki, har xil viruslar hosil qilgan pilakchalar bir-biridan o‘lchami, shakli, chetlarining ko‘rinishi, hosil bo‘lish muddati va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi, bundan viruslarni erta identifikatsiya qilishda foydalanish mumkin (6-rasm). Pilakchalar usuli viruslarni titrlash uchun ko‘p qo‘llaniladi. SHu maqsadda virus tutuvchi material seriyali suyultiriladi va har bir suyultirilmadan flakondagi yoki kosachadagi hujayra kulturasiga solinadi. Hosil bo‘lgan pilakchalarni sanab (virusni suyultirish darajasi hisobga olinadi) virusning titri, ya’ni 1,0 ml tekshiriluvchi materialda virionlarning soni hisoblanadi. Pilakcha usulida aniqlangan virusning titri 1 ml da pilakcha hosil qiluvchi birlik (PHB) miqdorida belgilanishi qabul qilingan .


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling