Mavzu: kimyoviy bog’lanish va molekula tuzilishi. Gazlarning molekulyar massasini aniqlash
Download 89.07 Kb.
|
4 Лаб маш KIMYOVIY BOG‘LANISH VA MOLEKULA TUZILISHI GAZLARNING MOLEKULYAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Uglerod (IV) oksidni olish va uni tozalash uchun qurilma: 1-Kiрp apparati; 2, 3-Тishenko sklyankalari; 4-yassi tubli kolba.
- Тajribada shartlarini quyidagicha yozing va hisoblang
4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI MAVZU: KIMYOVIY BOG’LANISH VA MOLEKULA TUZILISHI. GAZLARNING MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH 1-Tajriba. Uglerod (IV) oksidning molekulyar massasini aniqlash. Zarur asbob va reaktivlar: Kiрp apparati, Тishenko sklyankalari (ikkita), gaz o‘tkazgich naylar, termometr, barometr, tubi 250 ml hajmli kolba, o‘lchov silindri, texnik tarozi toshlari bilan, rezina tiqin, marmar tosh bo‘lakchalari, xlorid kislota, sulfat kislota. 1-rasmdagidek uglerod (IV) oksid olish qurilmasini yig’ing. Qurilma ichiga marmar tosh bo‘lakchalari va xlorid kislota solingan. Kiрp apparatidan, ketma-ket ulangan Тishenko sklyankalaridan 2 va 3 (ularning birinchisiga suv quyilgan bo‘lib, unda uglerod (IV) oksid, vodorod xlorid va mexanik aralashmadan tozalanadi, ikkinchi sklyankaga sulfat kislota quyilgan bo‘lib, unda gaz quritiladi) hamda 250 ml hajmli kolbadan (4) iborat. Kolba yuvib quritiladi va unga mos tiqin tanlanadi. Kolbani tiqin bilan berkitib, tiqinning kolba og‘ziga qancha kirganligini shishaga yozadigan qalam bilan belgilab qo‘yiladi. Kolbani tiqin bilan birgalikda 0,01 g aniqlik bilan tarozida tortiladi. Gaz o‘tkazgich nayni kolba tubigacha tushirib, uni uglerod (IV) oksidga to‘lating. 1-rasm. Uglerod (IV) oksidni olish va uni tozalash uchun qurilma: 1-Kiрp apparati; 2, 3-Тishenko sklyankalari; 4-yassi tubli kolba. Buning uchun gaz besh daqiqa davomida o‘tib turishi lozim. Тishenko sklyankalarida gaz pufakchalari ohistalik bilan, sanab bo‘larli darajada o‘tib turishi zarur. So‘ngra kolbani tiqin bilan berkiting. Тiqin dastlabki belgigacha kirishi shart. Uglerod (IV) oksid bilan to‘lgan kolbani tarozida tortib massasini aniqlang. Kolbadagi havoning hammasi siqib chiqarilganiga ishonch hosil qilish uchun tajribani kolba massasi doimiy bo‘lguncha 2-3 marta takrorlang. Kolbaga uning belgisigacha suv quyib, suv hajmini o‘lchov silindri yordamida aniqlang. Natija kolba hajmiga teng bo‘ladi. Тajribadagi termometr va barometr ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘ying Тajribada shartlarini quyidagicha yozing va hisoblang: 1. Kolbaning tiqin va havo bilan birgalikdagi massasi-m1. 2. Kolbaning tiqin va uglerod (IV) oksid bilan birgalikdagi massasi-m2, g. 3. Kolba hajmi-V, l. 4. Harorat t°C. Harorat - Т, K. 5. Bosim - p kPa. 6. Kolbadagi gaz hajmini normal sharoitga keltiramiz: (Тo = 273 K, po= 101, 3 kPa) 7. 1 l havo normal sharoitda 1,29 g kelishini bilgan holda kolbadagi havo massasini hisoblaymiz: m3 = 1,29·/V0. 8. Kolbadagi uglerod (IV) oksid massasini hisoblaymiz: mCO2 = m2-(m1-m2) 9. Uglerod (IV) oksidini havoga nisbatan zichligini hisoblaymiz: = 10. Uglerod (IV) oksidning nisbiy molekulyar massasini hisoblaymiz: Mr = 29·Dh 11. Тajribaning nisbiy xatosini foizda ifodalaymiz: 12. Nisbiy atom va nisbiy molekulyar massa tushunchalarini izohlang. Download 89.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling