1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


AZ ning globulin qismi bilan peroksidazadan kon’yugat olish


Download 1.34 Mb.
bet32/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

AZ ning globulin qismi bilan peroksidazadan kon’yugat olish.
5 mg peroksidazani 1ml sovutilgan distillangan suvda eritiladi va 0,2 ml 0,1 M natriy peryodat quyiladi, so‘ngra 7,4 lik 0,01 M KFB bilan dializ qilinadi. Dializdan so‘ng eritmaning pH 9,5 gacha ko‘tariladi va unga 5 mg pH 9,5 ga keltirilgan gamma globulin qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashma 2 soat davomida xona haroratida muntazam aralashtirilgan holda inkubatsiya qilinadi. Hosil bo‘lgan kon’yugatni eritmadagi boshqa
moddalardan tozalab olish uchun gelfiltratsiya yordamida G-200 markali sefadeks to‘latilgan kolonkadan (1,5x100 sm) KFB bilan elyusiya qilinadi. Olingan fraksiyalar spektrofotometr yordamida analiz qilinadi va kon’yugatni tashkil qilgan qism ajratib olinadi, konsentratsiyasi o‘lchanadi, ampulalarga solinadi va -20°S da muzlagan holda saqlanadi. Ishlatiladigan qismi ishdan oldin eritiladi.
Substrat tayyorlash. Issiq distillangan suvda 0,8 mg/ml lik 5- aminosalitsil kislotasi eritiladi va eritmaning pH ni 6,0 ga 1 n li KON yordamida keltiriladi.
IFA o‘tkazishdan oldingina tayyorlangan 5-aminosalitsil kislota vodorod peroksidi bilan 10:1 nisbatda aralashtirilib ishlatiladi.
Gammaglobulinning immoblizatsiya qilish uchun polistrol plashka ishlatiladi. Uning gamma globulin yoki ATni plashkaning har bir chuqurchalariga 200 mkl dan solinadi va 40S haroratda bir kechaga qoldiriladi. Immobilizatsiya qilinmagan ATlar bir minutdan 3 marta 0,05% triton X-100 solingan 0,01 M pH 7,4 bo‘lgan KFB bilan yuviladi.
Keyingi bosqichda reaksiya shu immobilizatsiya qilingan AT bilan aniqlanadigan virus (AG) orasida bo‘ladi. Uning uchun tozalangan virus yoki tekshiradigan virusli namuna shu mikroplat chuqurchalariga solinadi va bir soat davomida 37°S da sorbsiya qilinadi.
So‘ngra bog‘lanmagan AG va boshqa ortiqcha moddalar yuvib tashlanadi. Endi plashkaga 200 mkl kon’yugat solinadi va bir soat davomida 37°Sda inkubatsiya qilinadi. Ortiqcha kon’yugat qam yuvilgandan so‘ng mikroplatalarga substrat solinadi. Peroksidaza oksidlanishidan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulot oddiy ko‘z bilan aniqlanadi yoki 490 nm to‘lqin
uzunligida spektrofotometrda yoki absorbsnmetrda nur yutish darajasi o‘lchanadi (Platalarning jigar rangini ko‘p kamligiga qarab virusni mikdori aniqlansa ham bo‘ladi).
Foydalanigan adabiyotlar
1.Зильбер Л.А., Абелев Г.И. Вирусология и иммунология рака М.: 1962. 458 с.
2. Остерман Л.А. Исследование биологических макромолекул электрофокуси рованием, иммуноэлектрофорезом и радиоизотопными методами. Изд-во Наука, М, 6 1983,С. 124-127.
3. Бем Э. Иммунодиффузия . Иммунологические методы Изд-во Медицина М.: 1987. С. 73-88.
`
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling