16-Mavzu: Immunoferment usuli yordamida viruslarni diagnostika qilish
Immunoferment usuli bu usul eng sezgir usuldir. Virus (AG) borligini boshqa usullar bilan aniqlab bo‘lmagan vaziyatlarda bu usul qo‘l keladi, ya’ni u bilan nanogramm miqdordagi viruslar (AG) larni aniqlasa bo‘ladi. Bu usulni qo‘llaganda AT va AG, AT bilan kon’yugat (ferment va AT kompleksi), ferment bilan substrat orasidagi reaksiyalar birorta qattiq fazada (polistirolda yoki poliamid membranada) olib boriladi
IFAning "sendvich" turi
Ishdan maqsad. IFAni o‘rganish va bu usul yordamida boshqa usullar sezgirligi etmagan hollarda va hujayrada juda kam to‘planadigan viruslarni har xil namunalarida aniqlashni o‘rganish.
Kerakli materiallar: Reaktivlar: immun AZ, peroksidaza yoki boshka fer
ment, natriy peryodat, K2 HPO4 , sefadeks G-200, triton-X-100, substrat
(H2O2 va aminosalitsil kislotasi), kontrol zardob, virus namunalari, PEG (molekula massasi 6000) polistirol mikroplatlar (SHvetsariya firmasi chiqaradi) yoki poliamid membrana, termostat, xromatografiya kolonkasi,
fraksiya o‘yuvchi kollektor, FEK, spektrofotometr SF-26, titrator T-107.
Ishning borishi. IFA viruslarni aniqlash quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1.IFA olib boriladigan polistirol platalar (yoki poliamid membranalari)ga ATlarni immobilizatsiya qilish;
2.AT va fermentdan sintezlangan kon’yugat-peroksidaza va AT;
3.IFAni amalga oshirish.
Avvalo polistirol plataga yoki poliamid membranaga immobilizatsiya qilinadigan ATni AZdan toza holda ajratib olish yoki gammglobulin qismini ajratib olish zarurdir. Globulin qismini ajratib olish uchun 10 ml AZ ga teng hajmda 20 % lik PEG solinadi va bu aralashma 15 mi
nut 8000 aylanish tezligida sentrifuga qilinadi. CHo‘kmaga tushgan AZ ni gammaglobulin qismi 10 ml 0,01 M kaliy fosfat (KFB) buferida eritiladi (pH 7,4). CHo‘ktirib so‘ngra yana qaytadan eritib tozalash ishlari ikki qayta olib boriladi. So‘ngra 4°S da kechasiga KFB da dializ qilinadi. Hosil bo‘lgan AZ ning globulin qismi polstirol plataga
immobilizatsiya qilishga va ferment bilan kon’yugat olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |