1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


Download 1.34 Mb.
bet4/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

2. Kartoshkaning virus kasalliklari ham juda keng tarqalagan bo‘lib, Dunyo bo‘yicha 20 dan ortiq virus kasalliklari topilgan. Ularning o‘ntasi MDX davlatlarida va 4 tasi (X.U.A.K) O‘zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan o‘simlik bargining tomirlari och tusga kiradi, bargida «hol-hollik" (krapchatost) yoki ajinlar paydo bo‘ladi. "A" virus bilan kasallangan kartoshka bargida katga-katta dog‘li mozaika hosil bo‘ladi, keyinchalik barg to‘lqinsimonegilib, jingalak bo‘ladi. Virusning virulent shtammlari virusi "X" virusi bilan birga uchrasa kartoshka bargida burmalar, g‘ijmlar paydo bo‘lib barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo‘ladi, barglar mo‘rtlashib, oson sinadi. Kartoshka "K" virusi bilan kasallangai bo‘lsa, o‘simlikning yukori yarusidagi yosh barglarda kuchsiz dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kartoshka "U" virusi bilan kasallansa, yaqqol ko‘zga tashlanadigan anik simptomplar ko‘zga tashlanmasligi ham mumkin. Agarda "U" virusi boshqa viruslar bilan birgalikda uchrasa mozaika, yo‘l-yo‘l shtirixlardan iborat ("strik") mozaika hosil bo‘ladi. Ba’zan boshqa kartoshka viruruslari bilan uchraganda o‘simlikda pakanalik (karlikovost) alomatlari kuzatiladi.
3. Butgulli o‘simliklarda (sholg‘om, rediska, turp, karam, raps) "sholg‘om mozaikasi virusi", "redis mozaikasi virusi", "gulkaram mozaikasi virus" lari uchraydi. Kasal o‘simliklarda anik mozaika va bargni bujmayishi va rivojlanishdan to‘xtashi kuzatiladi .
4. Dukakkli o‘simliklarda 6 xil virus kasalligi uchraydi. Ulardan "no‘xat mozaikasi virusi " bilan kasallangan no‘xotda barg tomirlarining oqarishi va mozaika hosil bo‘ladi. No‘xatda yana boshqa simptomga ega kasallik - "no‘xatning yuqori yaruslarini sarg‘ayishi" kasalligi uchraydi, yukori yarus barglarida kuchli xloros (barg rangini yo‘qotishi) kuzatiladi, barg mo‘rt bo‘lib qoladi. Mosh o‘simligida esa "mosh mozaikasi virusi" uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg pastki tomonga qarab buraladi, shishlar hosil bo‘ladi, barg plastinkasi shakli o‘zgaradi, o‘simlik o‘sishdan qoladi, urug‘ maydalashib ketadi. Bu virus loviya o‘simligini ham kasallantiradi.
Moshda yana "moshning sariq mozaikasi virusi" uchraydi. Kasallangan o‘simlik bargida dog‘lar jadallik bilan ko‘payadi, o‘simlik o‘sishdan qoladi. Bu kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o‘simliklarda ham uchraydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling