16102 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqdsiz pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203-“Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar — Naqdsiz mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16103 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: banklar filiallarining filiallar va banklararo hisob-kitoblar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
16104 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank filiallari va ularning Bosh ofis/filiallari o‘rtasida tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar bo‘yicha operatsiyalar hamda bir bankning Bosh ofis/filialiga ko‘rsatilgan xizmatlar va berilgan tovar-moddiy qimmatliklar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar va xizmatlar” vakillik hisobvarag‘i hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiqlari teng bo‘lishi lozim. Jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida omborga topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga belgilangan muddatlarda vakillik hisobvarag‘i orqali to‘lanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |