1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar


Download 1.01 Mb.
bet124/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

16105 Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh ofis/filiallari va uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22206 — “Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart. Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek, Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16107 Bosh ofis/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar — Overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ining mavjud kredit qoldiq summasidan ortiq summaga to‘lovlar amalga oshgan holatda vujudga kelgan debet qoldig‘ining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘ida vujudga kelgan debet qoldig‘ining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 22204 — “Bosh ofis/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kelib tushganda mavjud debet qoldig‘ining qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16109 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallariaro o‘tkazilgan, belgilangan muddat davomida solishtirilib tartibga solinmagan transaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh transaksiyani amalga oshirgan bank muassasasi yuritadi va uch kun ichida qoldiq berkitilishi lozim.
Hisobvaraqning debetida belgilangan muddat davomida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 16101, 16102, 16103, 16104, 16105 va 16107 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tartiblashtirilgan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling