1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar


Download 1.01 Mb.
bet132/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolarning va boshqa inshootlarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino(inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16511 Yig‘ilgan eskirish summasi — Binolar va boshqa inshootlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16515 Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan moliyaviy va uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning hamda moliyaviy va/yoki uzoq muddatli ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin bank tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling