16397 Mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16400 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar
16401 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan ko‘rsatilgan xizmat va vositachilik haqlarining qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xizmat haqi va vositachilik turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16405 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16409 Operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan daromad Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan daromad summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida olishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |