16699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16700 Bankning boshqa xususiy mulklari
16701 Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan, bank faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va lizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi va undirilgan mulklar bo‘yicha xar bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16703 Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditorlik qarzdorligi tarkibida 70 va undan yuqori foiz miqdorida bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan, bank tomonidan bankrotlik to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilib tugatish jarayonidagi korxonalarning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida kredit va lizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdor tugatilayotgan bankrot korxonaning sud qarori bilan bankning xususiy mulkiga o‘tkazilgan mulklarining haqqoniy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymat aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tugatilayotgan bankrot korxonaning sotilgan mulklarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tugatilayotgan bankrot korxona mulklarining har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |