O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat moliya insituti mustaqil ish


Download 240.77 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2022
Hajmi240.77 Kb.
#1073361
  1   2   3
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotini boshqarish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT MOLIYA INSITUTI




MUSTAQIL ISH
Fan nomi: Mikro va Makroiqtisodiyot


Mavzu: Bozor itisodiyotini boshqarish usullari
Bajardi: 92-2 MMT guruxi talabasi
Baxromov Raxmonjon

Qabul qildi: E.Ergashev

Toshkent-2022 yil


Bozor iqtisodiyotini boshqarish usullari.
R E J A:

  1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari.

  2. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishi

  3. Ma‘muriy buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari.

Foydalangan adabiyotlar

Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilma xil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi.


Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab taklif nisbati asosida shakllanadi.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas.
Qonun falsafa kategoriyasi bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining muayyan tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob‘ektiv yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni xal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarini bilish, ularni amalga moxirona qulay olishga asoslanishi kerak.
Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan kanchalik to’liq va izchil foydalanilsa, mexnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshkarish jarayonida iktisodiy konunlarni xisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy okibatlarga olib keladi. Shu sababli boshkaruv konunlarini o’rganishda ularga fakat amal kilishni emas, balki boshkaruv jarayonida ongli ravishda foydalanish ko’p jixatdan ularni o’rganish bilan boglik. Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda to’gri foydalanish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Iqtisodiy konunlar tizimida foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari kuyidagi aks ettirilgan.
Xo’jalik faolyat-ini tashkil etish qaror qabul qilish
Maqsad-larni belgilash va ularga erishish yo’llarini aniqlash
Iqtisodiy konunlardan foydalanish tizimi.
Ko’rastilgan shaklni taxlil etish jarayonida uchta o’zaro boglik va ketma-ket, iktisodiy konunlar tizimidan foydalanilgan xolda yechiladigan masalalarni ko’rib o’tish zarur:
mavjud konunlarni ularning u yoki bu boskichda namoyon bo’lish xususiyatlarini xisobga olgan xolda chukur va xar tamonlama bilish;
iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish maksadlarini belgilash va ularni xal etish yo’llarini aniklash; xo’jalik yuritishning bozor iktisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va uslublarni ko’llash.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimida iktisodiy konunlar yetakchilik kiladi. Insonlar mexnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshkaruv tizimi maksadlarini anik belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarga baxo berish, iktisodiy samaradorlikda aks etuvchi iqtisodiy konunlarning talablarini aniq xisobga olish lozim.
Har bir kishi oʻz kapitalini koʻproq naf ketiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga taʼsir koʻrsatishga harkat qilmaydi, lekin unga ancha taʼsir koʻrsatayotganini sezmaydi. U faqat oʻz manfaatini nazarda tutadi, faqat oʻz foydasini koʻzlaydi. Shunday boʻlsa-da, bunday sharoitda bozorning «koʻrinmas qoʻl» i uni maqsad sari yoʻnaltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan boʻlsa ham. Oʻz manfaatini koʻzlagan holda, jamiyatga ataylab foyda keltirishni niyat qilgan odamdan koʻra, u jamiyat manfaatlariga koʻproq xizmat qilib turadi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat.
Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar.



Download 240.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling