1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari


Download 1.01 Mb.
bet146/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

19905 Qaytarilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan yaroqsiz (buzilgan) deb topilgan va aniqlanish jarayonidagi inkasso qilingan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan yaroqsiz deb hisoblangan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida aniqlik kiritilgandan keyingi cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob cheklar va to‘lov hujjatlari bo‘iicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19907 Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, ABM (HAM), suv, elektr toki, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilganda summalar to‘lanadi va hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tovar-moddiy qimmatliklar uchun
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda summalar to‘lanadi yoki hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tahliliy hisob har bir shartnoma va/yoki har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim 19909-hisobvaraq beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling