17515 Respublika budjeti — Maxsus xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan 23416 — “Maxsus maqsadlar fondi” hisobvarag‘idagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida maxsus xarajatlar uchun ajratilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan maxsus xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Respublika budjeti hisobidan maxsus maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19900 Boshqa aktivlar
19901 Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19903 Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi hisobga olinadi. Kun oxirida ushbu hisobvaraqda qoldiq bo‘lmasligi kerak.
Hisobvaraqning debetida qayta hisoblanguncha mijozlarning hisobvaraqlariga yoki 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga oldindan kirim qilinadigan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblashdan keyin aniqlangan ortiqcha mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta hisoblashdan keyin kassaga qabul qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek qayta hisoblash vaqtida aniqlangan o‘z mijozlarining hiobvaraqlaridan yoki 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kamomad summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |