16605 Yig‘ilgan eskirish summasi — Nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16609 O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish vayoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617 Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi vayoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |