Nomoddiy aktivlarning hisobi


Download 21.29 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2023
Hajmi21.29 Kb.
#1075440
  1   2   3
Bog'liq
Nomoddiy aktivlar hisobi


Nomoddiy aktivlarning hisobi

Reja:


  1. Kirish

  2. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari

  3. Nomoddiy aktivlarni baholash

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ularni baholash va hisobga olish tartibi BXMS № 7 «Nomoddiy aktivlar» bilan reglamentlashtirilgan.


Ushbu standartga muvofiq nomoddiy aktivlar deganda, moddiy buyum mazmuniga ega bo’lmagan korxona tomonidan xo’jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo’llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko’p yillar (bir yildan ortiq) ishlatiladigan mulk ob’ektlari tushuniladi
Patent, nou-xau–bu ishlab chiqilgan buyum, texnologik jarayon, faoliyatga egalik qilish huquqi. Bunday huquqni egalik qiluvchi sub‘ektga maxsus patent berish vakolatiga ega Vazirlik yoki idoralar beradi.
Mualliflik huquqi – bu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san‘at va boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko’paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o’z ichiga oladi
Litsenziya –bu u yoki bu xo’jalik faoliyati, xo’jalik operatsiyasi bilan shug’ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo’lib, u korxonaga unda ko’rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim bo’lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Masalan, dori-darmon ishlab chikarish bo’yicha litsenziyani Sog’liqni saqlash Vazirligi, turistik xizmatlarni ko’rsatish uchun litsenziyani «O’zbekturizm» assotsiatsiyasi, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyani Moliya Vazirligi beradi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Litsenziya berish to’g’risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko’rsatiladi;
Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta‘sis hujjatlari (ta‘sis shartnomasi, ustav, davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi qaror va boshqalar);
Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to’g’risidagi ma‘lumotnoma nusxasi;
Boshqa talab qilingan hujjatlar
Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo’ladi. Korxonaning tugatilishi bilan litsenziya o’z kuchini yo’qotadi.

Download 21.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling