20296 Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflariga mos tushmaydigan mijozlarning, shu jumladan elchixona va vakolatxonalarning joriy maqsadlarda foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ushbu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20400 Jamg‘arma depozitlar
20402 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat (Moliya vazirligi)ning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20403 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan budjetdan tashqari mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |