20404 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy budjet (tuman/shahar, viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hisobidagi budjet tashkilotlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining jamg‘arma depozitlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining jamg‘arma hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20405 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma bo‘yicha, har bir jamg‘armaning ichida esa maqsadi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20406 Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |