1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Ishlamaydigan pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar


Download 1.01 Mb.
bet192/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23112 Ishlamaydigan pensionerlarning pensiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiyalar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda ishlamaydigan pensionerlarning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23114 Ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish joyiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan hamda jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar hamda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga pensiya fondi (ijtimoiy ta’minot) tegishli bo‘limining hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling